So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Yashil maydon aktyori Yangiliklar

Yashil maydon aktyori

Teglar :  Antonio
Tez-tez boshi bilan darvozani ishg'ol qilayotgan futbolchini shartli ravishda X deb atasak-da, o'zimizga (balki uning o'ziga ham) savol bersak:

bu yigitcha Olive Jiru, Endi Keroll va Piter Krauch to'p suradigan ligada shu iqtidorini namoyish eta oladimi? Ha, bu raqib jarima maydonchasida ro'y beradigan havodagi kurashlar chog'ida faollik ko'rsatadiganlar uchun haqiqiy krash-testga aylanadi. Vest Xem vingeri Micheyl Antonio mazkur testni alo bahoga topshirdi. APLning 2015|2016 yillar mavsumi boshidan oxirigacha bosh bilan to'p kiritish bobida hammani ortda qoldirdi - 8ta gol.

Hozirda ko'pchilik Antonioning bu ko'rsatkich bilan cheklanib qolmasligi tarafdori. Nega shunday? Hammasi oddiy: Angliyada golni Micheyl kabi ajoyib tarzda nishonlaydigan biror futbolchini taniysizmi? Mana shunaqa! Ushbu yarim himoyachining repertuarida makarenadan tortib, Karlton raqsigacha bor. Sanderlend darvozasi ish­g'ol qilinganidan keyin Gomer Simp­son uslubida ko'rsatilgan shou esa asosiy xitga aylandi. O'shanda Antonioning nima namoyish etayotganini ko'pchilik tushunmadi (hattoki, futbolchining yoniga etib kelgan sherigi Aaron Kressuell vaziyatni darhol anglamadi), shu bois tushuntirish berishga to'g'ri keldi: Simpsonlar multfilmida Gomerning shunday qilganini ko'rgandim. SHaxsan men uchun bu juda qiziqarli ko'rindi. Ko'p o'tmay, futbolchi ushbu fikrlarga qo'shimcha qildi: Menga Bart yoqadi. Sochimni xuddi unikiday qilib olishim ham mumkin. Ishqibozlarga yaqinroq bo'lib, biroz hazil qilishni xohladim. Mavsum oxirida muxlislardan eng yaxshi gol nishonlash uchun ovoz berishlarini so'rayman. Nima ham derdik, bu haqiqatan ham qiziq ko'rinmoqda.

Antonio maydonda namoyish etiladigan aksariyat sahna ko'rinishlarini oldindan rejalashtiradi. Vaholanki, ayrim holatlarda unda ikkilanishlar ro'y berishini futbolchining o'zi ham tan olgan: To'pni qabul qilib olishdan bir necha soniya avval uni nima qilish kerakligini bilmayman. Demak, raqib himoyachilari bundanda murakkabroq vaziyatda bo'lishadi... Ha, bu so'zlar premer-liganing eng yorqin driblingchilaridan biri Yannik Bolazi xarakteristikasini takrorlayotgandek. Vest Xem xavbeki ham katta o'yinlarga professional klublar akademiyalarini cheklab o'tgan holda kirib kelgandi. Micheyl bu borada ko'p tashvishlanmaydi: Ularning hammasi bir yo'nalishda mashg'ulot o'tkazishgan. Hozir ham bir xil o'ynashadi.

Qahramonimizning hayoti boshqacha kechishi ham mumkin edi. Antonio 14 yoshida Tottenxemdan taklif olgandi, ammo oila azolari shporlar safida mashg'ulot o'tkazishini xohlashmadi. Xususan, onasi o'g'lining o'qishini birinchi o'ringa qo'ydi, qolaversa, uylari Londonning janubiy-g'arbiy qismida joylashgani holda farzandining poytaxt shimolidan yarim tunda qaytishiga yo'l qo'yolmasdi. Yigitchaning ko'z yoshlari foyda bermadi - Mumkin emas! degan taqiq o'z kuchida qoldi.

Natijada Antonio kollejga kirib, Tuting end Mitcham Yunayted havaskorlar klubida o'ynadi va o'z navbatida, mahalliy akvamarkazda qutqaruvchi bo'lib ishladi. Bir safar u bir chaqaloqni asrab qolgandi, ammo o'sha kasbi o'zini qoniqtirmasligini Micheylning gap-so'zlaridan anglash qiyin emas: Dahshat! U er juda issiq, biroq har doim kutib o'tirishga mahkumsiz, axir har qanday vaziyatda yordamga ehtiyoj tug'ilishi mumkin. Kimdir suvga sho'ng'igach, ularning nima o'ylab topishganini anglashga urinasiz. Zerikarli. Basseynga tikilgancha vaqt sanaysiz. Bunday mehnat turi oyiga yuz funt keltirar, shu bois Micheyl oilasidan pul so'rashga majbur bo'lardi. Keyinchalik esa jismoniy tarbiya o'qituvchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Reding klubidagilarning Antonioga qiziqib qolishlari kelajakka umid uyg'otdi. Qahramonimiz Madeyski Stediumda o'tkazgan 4 yili mobaynida unchalik ko'p o'ynamadi, chunki asosiy vaqtini mamlakat bo'ylab sayohatga sarflagandi - ijara shartnomalari uni CHeltnem, Kolchester, Sautgempton va SHeffild tomon eltdi. Micheyl mehmonxonalarda yashashga ko'nikdi, mazkur holatning nafaqat minus (krovat va kichikroq shkaf - bor jihoz shu), balki plyus (nonushtalar) tomonlarini ham topishga urindi. Pardyuning Sautgemptoni va SHeffild Uensdeyda o'tgan omadli davrdan so'ng Nottingem Forest bilan ajoyib mavsumni o'tkazdi. Oxir-oqibat 2015 yilgi transfer darchasi ochiqligidan foydalangan Vest Xem Antonioni o'z safiga qo'shib oldi.

SHundan so'ng Micheyl yo'qolib qoldi. U Manchester Sitiga qarshi kechgan g'alabali o'yinda ko'rinish berdi, xolos. Xammers zayavkasidan o'rin olsada, nuqul zaxira o'rindig'ida qolib ketardi. Bazan savol tug'ilardi: bu yigitcha qaerda o'zi? Hattoki, Vest Xem rahbarlaridan biri Devid Gold ishqibozlarning Antonioni qidiruvga berish borasidagi xabarida tvit qoldirdi.

Vaziyat kuz-qish arafasida, Bilich tarkibini jarohatlar taqib etayotgan paytda o'zgardi. Micheylning aytishicha, qanot yarim himoyasida maydonga tushadiganlar orasida ettinchi o'rinda qayd etilgan, o'sha paytda esa undan oldinda turgan 6 futbolchi jarohat olishgan ekan. SHu tariqa, murabbiy, ishqibozlar va Antonio bilan qanotda to'qnash kelganlarning hammasi qahramonimizning kuchiga munosib baho berishdi. Bir-ikkita o'yindan so'ng uni asosiy tarkibdan chiqarib yuborishga qodir futbolchi topilmay qoldi. Ko'p o'tmay gol urishni ham boshlab yubordi. Vest Xemning 30-raqamli o'yinchisi sheriklaridan uzatmalarni yog'dirib tashlashni talab qila boshladi.

Antonio uchun Boleyn Graunddagi keskin burilish himoya chizig'iga o'tganda sodir bo'ldi. Bilich qarorini quyidagicha izohladi: Buni rejalashtirmagandik, shunchaki, Liver-pulga qarshi kechgan bahsda voqealar rivoji shunga undadi. Antonio mudofaada ajoyib o'yin ko'rsatib, bizni hayron qoldirdi va mazkur holatni muhokama qilishni joiz topdik. Xorvatiyalik mutaxassis Micheylning jismoniy imkoniyatidan unumli foydalanishni afzal bildi.

To'g'ri, mazkur holatda Bilich birdaniga ko'pchilikka qarshi borayotgandek tuyuladi. Hattoki, Vest Xemning titul homiysi Betway ham Antonioning himoyada o'ynayotganiga qarshi norasmiy kampaniyani qo'llab-quvvatladi. Yaqinda bukmekerlik idorasi rasmiy akkauntdagi tvit orqali ushbu tajribadan voz kechilishiga umid bog'ladi. Bunga sabab sifatida dastlabki turdan o'rin olgan CHelsiga qarshi bahs ko'rsatildi. Mazkur o'yinda Antonio aristokratlar himoyachisi Aspilikuetaga qarshi fol ishlatib, penalti belgilanishiga sababchi bo'lgandi. Bilich ko'p o'tmay uning o'rniga asl himoyachi - Bayremni tushirdi. O'sha soniyalarda Micheylning yuz ifodasida butun dunyo g'am-tashvishlari jamlangandek tuyulgandi. Aytishlaricha, Antonioning poziciyasi jamoa etakchilari va bosh murabbiy o'rtasida jiddiy muhokamaga sabab bo'lgan.

Futbolchining o'zi bunga qanday qaraydi? Pozitivlikka urg'u qaratmoqda: O'ylashimcha, bu meni o'yinchi sifatida ijobiylik sari etakladi. Endilikda himoyachilarning nimani kutishayotgani, qaerda joylashishlari va hujumkor futbolchilar bilan to'qnashishga qanday tayyorgarlik ko'rishlaridan xabardorman. O'yinlarimda bundan foydalanishim mumkin. O'z navbatida, asl maqsadini ham yashirmadi: O'zim uchun qadrdon bo'lgan, butun umr to'p surgan poziciyamga qaytishdan umidvorman. Himoyachi sifatida o'ynashim mumkinligi hatto tushimga ham kirmagan. CHempionshipda eng yaxshi futbolchilardan biri edim. Endi premer-ligada ham shunday muvaffaqiyatga erishmoqchiman. Yozgi transfer oynasining so'nggi kuni kim uchundir quvonchli keldi, axir Vest Xem Alvaro Arbeloa bilan shart­noma tuzdi-da.

O'tgan mavsum va mazmunga boy avgust (CHelsiga qarshi kechgan bahsdagi muvaffaqiyatsizlik ortidan Vest Xemning yangi stadionidagi dastlabki gol hamda Siti darvozasiga yo'llangan to'p) Antonioning Angliya termasidan chaqiruv olishiga zamin yaratdi. U Sem Ellardays taklif etgan yagona yangi o'yinchi bo'lib turibdi. Micheyl bundan xabar topgach, dastlab ishonmadi, shunchaki, hazilga yo'ydi. Angliya futbol associaciyasidan kelgan rasmiy hujjat esa har qanday shubhalarni yo'qqa chiqardi.

Yaqin-yaqingacha Antonio raqiblari bilan almashtirgan futbolkalari kollekciyasi bilan shug'ullanardi. Ross Barkli yoki Serxio Agueroning liboslari shular jumlasidan. Uch sherlar safida kiygan futbolkasini esa, katta ehtimol bilan, o'zida olib qolsa kerak.

Malumot uchun

Micheyl Gregori Antonio
Tug'ilgan sanasi va manzili:
1990 yil 28 mart (26 yosh), London, Angliya

Fuqaroligi: Angliya, Yamayka
Bo'yi: 180 sm., Vazni:81 kg.
Poziciyasi: vinger
Klubi: Vest Xem Yunayted
Raqami: 30

Faoliyati

Yoshlar jamoalari

2002-2007 - Tuting end Mitcham Yunayted

Kattalar jamoalari
2008-2012 Reding 28 (1)
2009 - CHeltnem Taun 9 (0)
2009-2010 - Sautgempton 28 (3)
2011 - Kolchester Yunayted 15 (4)
2012 - SHeffild Uensdey14 (5)
2012-2014 - SHeffild Uensdey 64 (11)
2014-2015 - Nottingem Forest 50 (16)
2015-h.v. - Vest Xem Yunayted 26 (8)

I.RAHIMOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика