So’nggi yangiliklar

15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  0 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  1 15:03"Челси" Бразилия терма жамоаси хавбекига қизиқмоқда  1 14:39Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг Олимпиада учун расмий қайдномаси маълум ёхуд кимлар захирада қолди?  11 14:19"Барселона" собиқ ҳужумчиси "Олимпиакос"га ўтади  1 13:53"Барселона" Ольмони қайтариш учун асосий таркиб футболчиси билан хайрлашишга тайёр  8 13:29"Барселона" иш ҳақи харажатларини сезиларли даражада камайтирди  3 13:01Қозоғистон футбол федерацияси Черчесов олдига қандай вазифа қўйган?  6 12:37"FourFourTwo" Яшинни барча даврларнинг энг яхши дарвозабони деб топди  6 12:10"Ювентус" "Верона" футболчисини трансфер қилди  1 11:46"Металлург" 2 нафар футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  2 11:25Олимпиада олдидан. Элдор Шомуродов билан очиқчасига суҳбат  5 11:11Мбаппе вакиллари ПСЖга таҳдид қилди  3 10:50Нима учун Лени Йорони «Реал»га эмас, МЮга ўтгани маълум  10 10:21«Реал Мадрид» яна бир афсонаси билан шартномани узайтирди  8

"Yaqin vaqtlarda BAA, Saudiya Arabistoni va Qatarda o'yinchilarimizning paydo bo'lishi dargumon". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (2-qism) Yangiliklar

"Yaqin vaqtlarda BAA, Saudiya Arabistoni va Qatarda o'yinchilarimizning paydo bo'lishi dargumon". Alisher Nikimbaev bilan intervyu (2-qism)

Yaqinda saytimiz uchun Alisher Nikimbaev bilan intervyuning birinchi qismini chop etgan edik.

→ 1-qism


Endilikda suhbatning ikkinchi qismini etiboringizga havola qilamiz. U futzal bo'yicha jahon chempionati, OFK va CHempionlar ligasi haqida bo'ladi.


- OFK shafeligidagi uchinchi klublar musobaqasi haqida nima deya olasiz? Va unda O'zbekiston uchun nechta o'rin bo'ladi?

- OFK CHempionlar ligasi o'z nomi bilan qoladi, ammo ikkinchi turnir bo'ladi degan gaplar bor. Asosiy musobaqa Elit liga yoki Superliga bo'ladi, nomi hozircha nomalum. Unda 24 klub ishtirok etadi, O'zbekiston esa ushbu turnirda atigi bitta o'rin oladi. Yana bir jamoamiz esa CHempionlar ligasida to'g'ridan-to'g'ri o'rin oladi, shunday ekan O'zbekiston bu yangiliklardan ko'p narsa yo'qotadi. SHu bilan birga, hozirda CHempionlar ligasida ishtirok etayotgan ko'plab klublar OFK kubogida ishtirok etishga majbur bo'ladi. O'zbekiston esa u erda bo'lmaydi, u erda CHempionlar ligasi saralashidan o'ta olmaganlar o'ynaydi.

Osiyo turnirlarida ishtirok etadigan klublar soni esa o'zgarmaydi, ammo ular ikkita emas, uchta musobaqada o'ynashadi. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni va Qatar kabilarda to'rtta o'rin saqlanib qoladi, O'zbekiston kabilar uchun esa to'rt o'rin ikkitaga o'zgaradi. SHuningdek reytingda to'rtinchi o'rindan beshinchiga tushganimizni ham hisobga olish kerak. Ammo, biz baribir to'rtinchi o'rinda yaxshi o'ynaganimiz uchun joylashmagandik, OFK shunchaki ballarni xato hisoblagan. U erda ballar har bir turnir bo'yicha hisoblanadigan tizim bo'lgandi. SHu sabab O'zbekiston va masalan Iordaniya va Filippin CHempionlar ligasi va OFK kubogida faqatgina CHempionlar ligasida o'ynagan Saudiya Arabistoni va Qatardan ko'ra ko'proq ochko yig'ishi mumkin edi.

- Osiyoda feyr-pley qanday ishlaydi?

- Hech qanday, u shunchaki yo'q. Agar u bo'lganida, tekshiruvdan hech kim o'tolmagan bo'lardi. Balki Yaponiya va Avstraliya klublari buni qila olar - sababi ularda liga ishlashi bo'yicha o'zgacha model bor. Qolgan barcha klublar ishlaganidan ko'p sarflashadi. Huddi bizdagidek. Masalan, O'zbekistondagi eng katta muxlislar bazasiga ega "Navbahor"ni olsak. Hatto u ham "nolga" chiqa olmaydi, sababi chiptalardan etarli darajada ishlay olmaydi. Bu nafaqat O'zbekistonga, balki Saudiya Arabistoni va boshqa mamlakatlarga tegishli. Agar Osiyoda moliyaviy feyr-pley o'rnatilsa, bu erga shunchaki hech bir taniqli futbolchi kelmaydi. Hozirda Osiyoga kelishmoqda (albatta, asosan Yaqin SHarq mamlakatlaridan), sababi kelasi mavsumdan legionerlarga limit bekor qilinadi.

- Legionerlar limitini bekor qilishga qanday qaraysiz?

- Men eng yaxshi o'yinchilar raqobat sharoitida o'sadi deb hisoblayman. Saudiya Arabistonida yulduzlar kelguniga qadar yaxshi o'yinchilar paydo bo'ldi, buning katta sababi limit bekor qilinganidadir. Endilikda bizning o'yinchilar ham boshqa Osiyo chempionatlarida kamroq bo'ladi deb o'ylayman, sababi osiyoliklar uchun kafolatlangan qo'shimcha o'rin bo'lmaydi. Agar osiyolikni olishga ehtiyoj bo'lmasa va evropalik yoki Janubiy Amerikadan o'yinchi olish mumkin bo'lsa, unda masalan Qatar klubiga o'zbek futbolchisi nega kerak? Yaqin vaqtlarda BAA, Saudiya Arabistoni va Qatarda o'yinchilarimizning paydo bo'lishi dargumon. Bu faqatgina SHomurodov yoki Masharipov darajasidagi futbolchi bo'lmasa.

- O'zbekistonning futzal bo'yicha Jahon kubogini qabul qilish huquqini olishi qanday bo'ldi? 2012 yilda bo'lganidek, O'zbekistonda 20 yoshgacha bo'lgan futbol bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionatini o'tkazish huquqi olib qo'yilishi takrorlanmaydimi?

- Unday bo'lmaydi deb o'ylayman. Birinchidan, oldingi xatolar tuzatildi deb umid qilaman. Ikkinchidan, futzal bo'yicha Jahon kubogidagi talablar unchalik qiyin emas. Bizga FIFA shafeligidagi futbol bo'yicha turnirlarni o'tkazish uchun mashg'ulot maydonlari va stadionlar etishmaydi. Futzal bilan birmuncha osonroq: qo'pol qilib aytganda, barcha jamoalarni bitta zalga yig'ish mumkin. Albatta, men biroz bo'rttirib yubordim, ammo mohiyati tushunarli deb o'ylayman.

Biz katta turnirlarni qabul qilib bo'lganligimiz faktini ham hisobga olish kerak. Ha, OFK shageligi ostida, ammo baribir. Bu bizga qo'l kelishi kerak: insonlar tajriba olishdi, ozmi-ko'pmi ingliz tilini bilishadi. Ammo, shu bilan birga, umuman O'zbekiston bir necha Osiyo turnirlarini o'tkazdi va FIFA turnirini ham bemalol o'tkazadi deb o'ylash kerakmas. Jahon chempionati va Osiyo kubogidagi ishda tashkilotchilik nuqtai nazaridan katta farq bor. Jahon kubogida ishlagan va hozirda Osiyo Kubogi ijroiya qo'mitasida ishlayotgan insonning so'zlariga ishoning. Hatto futzal bo'yicha jahon chempionatini o'tkazish Osiyo turniridan ko'ra qiyinroq. Bu oson bo'lmasligiga tayyor bo'lish kerak. Bu mutlaqo o'zgacha ish uslubi va boshqa talablardir. FIFA OFKdan ko'ra ko'proq qiladi va ko'proq talab qiladi. U erda hattoki turli bo'limlar ham ko'proq.

- Bu qarorga Infantinoning tashrifi qanchalik tasir qildi?

- Bittagina tashrif o'z-o'zidan hech narsani hal qilolmasdi. Ha, balki Infantinoning O'FA bilan uchrashuvida qandaydir masalalar muhokama qilingandir. Buni "aysberning uchi" deb nomlash mumkin, ishning katta qismi uning tashrifiga qadar qilingandi. Va bunda shaxsan Ravshan Ermatovning xizmatlari ulkan, unda hozirda FIFA rahbariyati bilan ham, OFK rahbariyati bilan ham yaqin aloqalar o'rnatilgan. Boshqa tomondan, FIFAdagi hamkasblarimdan bilamanki, O'zbekiston prezidenti SHavkat Mirziyoev bilan shaxsan uchrashuv Infantinoda katta taassurot qoldirgan. Hududdagi ayrim mamlakatlarda bunday taassurot bo'lmaganini bilaman.

- O'zbekiston Osiyo U-20 va U-23 kuboklarini qabul qildi. Hozirgi infrastruktura bilan yana qaysi turnirlarni qabul qilish mumkin?

- Osiyo Kubogi. Hududlarning rotaciyalari qoidasini hisobga olsak, balki, 2035 yilda. Bu amalga oshirsa bo'ladigan variant, sababi past talab va turnirni qabul qilishga qiziqish bildiradigan qo'shni mamlakatlar borligi. Faqatgina qo'shma ariza va boshqa hech narsa emas, sababi bitta o'zimiz buni ko'tara olmaymiz. Buni qo'shnilarimiz ham tushunishi kerak. 10ta stadion kerak bo'ladi, ko'plab stadionlarimiz OFK talablariga to'g'ri keladi. SHu bilan birga, OFK qaerlardadir yon berishi mumkin.

Osiyo futbolining o'ziga xosligi shundaki, Osiyo mamlakatlari muxlislari turist emas. Ular deyarli o'z jamoalari bilan katta turnirlarga borishmaydi. Bo'lajak Osiyo Kubogida 5000 muxlisdan kam bo'ladigan ko'plab o'yinlarni kutyapman. SHu sabab 40 000 muxlis sig'adigan stadionlar, jahon va Evro kabi barcha o'yinlar uchun kerak emas.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика