Yaponiyalik yana bir futbolchi terma jamoadan ketdi
07 iyu 2018 12:32
Yangiliklar
Yaponiyalik yana bir futbolchi terma jamoadan ketdi
Jahon chempionatidan chiqib ketgan terma jamoalarda bazi futbolchilar o'z faoliyatlarini yakunlashmoqda.
Yaponiya terma jamoasi azosi Gotoku Sakay ham mundialdan keyin xalqaro faoliyatini tugatdi. Germaniyaning "Gamburg" klubida to'p tepayotgan 27 yoshli futbolchi buni o'z o'yinida pasayish yuzaga kelgani bilan izohladi.
"Men oxirgi paytlarda o'z o'yinimdan qoniqmadim, shu bois terma jamoadan ketishga qaror qildim", - deydi Yaponiya termasi safida olti yil to'p surgan futbolchi. U shu vaqt mobaynida 42ta uchrashuv o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, Gotoku Sakaydan oldin Makoto Xasebe bilan Keysuke Xonda ham terma jamoa bilan xayrlashgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar