Yangiqo'rg'onda "Dinamo" va faxriylar o'yini bo'ladi
09 may 2014 16:07
Yangiliklar
Yangiqo'rg'onda "Dinamo" va faxriylar o'yini bo'ladi
Bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida xotira va qadrlash kuni munosabati bilan futbol turnirlari o'tkazilmoqda.
Jumladan Farg'ona viloyatining Yangiqo'rg'on tumanida ham ana shunday o'yin bo'lib o'tadi. Unda ikkinchi liga vakili Dinamo jamoasi Farg'ona faxriylar jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Muxtor Qurbonov, SHuhrat Rahmonqulov, No'mon Hasanov, Asad va Rustam Do'rmonov, SHerzod Raimjonov, Bahrom Haydarov kabi taniqli sobiq futbolchilarni mazkur uchrashuvda ishtirok etishi rejalashtirilgan. O'yin kech soat 17:00da boshlanishi ko'zda tutilgan. Bu haqda keyinroq batafsil to'xtalamiz.
Fikrlar