Yoshlarimiz Xitoy U-20 termasiga qarshi bahs olib boradi
02 fev 10:06
Yangiliklar
Yoshlarimiz Xitoy U-20 termasiga qarshi bahs olib boradi
O'zbekiston U-20 terma jamoasi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni so'nggi bosqichini Xitoy mamlakatida davom ettirmoqda.
Bugun Farhod Nishonov shogirdlari Xitoy U-20 termasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da «Lihu» maydonida start oladi.
Eslatib o'tamiz, 12 fevraldan 1 martgacha Xitoy mezbonlik qiladigan musobaqada yoshlarimiz guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eronga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar