Bahrom Haydarov: Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz
02 fev 11:00
Yangiliklar
Bahrom Haydarov: Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz
Superliga-2025 yilgi mavsumiga qura tashlangach, Qo'qon-1912 jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Haydarov klub matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Qura tashlash marosimini ko'rdim. Birinchi navbatda mavsumni uyda boshlashimiz yaxshi deb o'ylayman. Birinchidan muxlislar derbi guvohi bo'lishsa, ikkinchidan mavsumni uyda boshlash doim osonroq bo'ladi. Raqib haqida keladigan bo'lsak, har qanday jamoaga qarshi mavsum davomida baribir bahs olib boramiz.
«Andijon» o'tgan mavsum O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi, yaxshi darajadagi jamoa. Biroq bizda hech qaysi jamoaga nisbatdan qo'rquv yo'q. Jamoamiz yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Tarkibimiz ancha shakllanmoqda. Xudo xohlasa, yangi mavsumni yaxshi natija bilan boshlaymiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди
Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"
ОЧЛ-2. Ҳакамга тиббий ёрдам кўрсатилган ўйинда "Андижон" 3-марта 0:0 ҳисоби қайд этди. Бу галги рақиб – "Ал Ҳалдия"
ЕЧЛ. "Барселона" "Эл Класико"дан аввал "Олимпиакос"ни йирик ҳисобда таслим этди
Fikrlar