Qiyinchilikka qaramay, tayyorlanish va kurashish kerak – Vadim Abramov qura va start haqida
02 fev 2025 07:35
Yangiliklar
Qiyinchilikka qaramay, tayyorlanish va kurashish kerak – Vadim Abramov qura va start haqida
Superliga-2025 yilgi mavsumiga qura tashlangach, Dinamo bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga chempionat starti haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Taqvim unchalik yaxshi keldi, deya olmayman. Ha, baribir turnir davomida barcha raqiblar bilan o'ynashga to'g'ri keladi, ammo birinchi to'rtta o'yindan uchtasini safarda o'tkazish qiyin bo'ladi. Ammo har qanday qiyinchilikka qaramay, yaxshi tayyorlanish va kurashish kerak.
- Bu yil ham mavsumni Namanganda «Navbahor»ga qarshi ochilish o'yini bilan boshlaymiz. Bu turnir starti uchun eng qiyin raqib deb hisoblaysizmi?
- Yo'q, bunday deb o'ylamayman. Eng asosiysi, Namanganda o'tgan yilgidek hakamlar xatoga yo'l qo'yishmasa bo'ldi, — dedi bosh murabbiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar