Amorimning Manchester Yunayteddagi ilk transferi kim bo'lishi aniq
02 fev 09:35
Yangiliklar
Amorimning Manchester Yunayteddagi ilk transferi kim bo'lishi aniq
Lechche himoyachisi Patrik Dorgu tez orada Manchester Yunayted futbolchisiga aylanadi.
Himoyachi allaqachon Angliyaga uchib borgan va tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi. Bu haqida Fabricio Romano xabar bermoqda. Himoyachi Ruben Amorimning «Manchester Yunayted»dagi ilk transferi bo'ladi. «Qizil iblislar» 20 yoshli futbolchi uchun 30 million evro to'laydi. SHuningdek, shartnomada 5 million evro bonus qo'shilishi haqidagi band ham bor.
Fikrlar