So’nggi yangiliklar

00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  38 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  6

"Yangier" lageridan daraklar. Jamoani kimlar tark etdi? Yangiliklar

"Yangier" lageridan daraklar. Jamoani kimlar tark etdi?

Joriy yilda Pro ligada debyut qilayotgan "Yangier" jamoasi o'z qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarlik olib bormoqda.

Xo'sh, yozgi transferlar vaqtida jamoani kimlar tark etdi, qaysi futbolchilar olindi. Bu borada "Yangier" bosh murabbiyi Azamat Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikkinchi davraga tayyorgarlikni "Yangier"da olib bormoqdamiz. "Nasaf", "Andijon", AGMK jamoalaridan taklif qilingan bir qator yangi nomlarni ko'rikdan o'tkazmoqdamiz. Abdumalik Abdullaev, Robbim Hasanov, Ilhom Alijonov, Sanjar Baratov, Nodir Yo'ldoshev, Nodir Ashurmatov biz bilan birga emas. Ularga javob berib yubordik. Hozirda jamoada bor etibor yosh va maqsadli futbolchilarga qaratilgan. Yangi jamoa tuzmoqdamiz",- deydi Azamat Abduraimov.

Turli xabarlarga qaraganda jamoani legionerlar ham tark etgan. Bosh murabbiy ushbu masalada aniq malumot berib o'tdi.

"Ha, ikki nafar legioner Mbeke va Traore jamoani tark etdi. Jerom va Landri esa shu erda. Ikkinchi davrada ushbu ikki xorijlik futbolchiga ishonch bildiramiz",- deydi Azamat Abduraimov.




Faqat mashg'ulotlar bilan futbolchilarning sport formasini ushlab turish murakkab jarayon hisoblanadi. "Yangier" o'rtoqlik uchrashuvlarida qanday natijalar qayd etdi?


"Yig'in doirasida hozircha ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdik. "Metallurg" yoshlarini 1:0, Birinchi liga vakili "Neftgazmontaj" jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdik. Bu o'yinlar albatta foydali bo'ldi, deya olaman. Ikkinchi davra oldidan yaxshi sport formasida bo'lamiz, degan umiddaman",- deydi Abduraimov.

Avvalroq "Yangier"ning ayrim futbolchilari totalizatorda ishtirok etgani haqida xabarlar chiqqan edi. Xo'sh, bu borada bosh murabbiy nima deydi?

"O'zingiz yaxshi bilasiz, totalizatorda ishtirok etgan futbolchilar bilan bog'liq muammolar bor edi. Biz bunday futbolchilardan voz kechishga qaror qildik. Umuman olganda yangidan jamoa tuzmoqdamiz. "Yangier"ning o'z ananalari bor. Bu yil klub o'zining 55 yoshini nishonlaydi. Klub rahbarlariga jamoani tiklashayotgani uchun rahmat aytaman. Bu mavsumda jamoa Birinchi ligadan Pro ligaga yo'llanma oldi. Jamoa barqaror natijalar qayd etishi uchun malum vaqt kerak. Lekin men to'g'ri yo'ldaligimizga ishonaman. Tanaffusdan so'ng biz yanada kuchli bo'lib qaytamiz",- deydi Azamat Abduraimov.

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика