So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Ювентус" қийинчилик билан ПСВни мағлуб этди, "Боруссия Дортмунд" эса илк ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  22 02:58ЕЧЛ. Даҳшатли ўтган ўйинда "Реал"дан 90+2-дақиқада камбэк, Холанднинг дубли ҳам "Сити"га ёрдам бермади  554 01:31"Ал Насср" январда Нуньес учун 75+ млн евро ва бонуслар таклиф қилди, аммо...  0 00:55Пеп Гвардиола нега Грилишни асосий таркибга қўйди?  3 00:41ЕЧЛ. ПСЖ "Брест"га қарши плей-оффдаги биринчи ўйиндаёқ кейинги босқич масаласини деярли ҳал қилди  17 23:06УЕФА Чемпионлар лигаси финалини АҚШда ўтказиши мумкин  12 22:17Родриго "Реал"дан кетиши мумкинлиги ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди  10 21:13"Реал" ёзда 120 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  22 20:44"Барселона" Франция чемпионатидан ҳужумчи олмоқчи  7 20:18Дибала Мадридга йўл олиши мумкин  2 19:44Асрор Алиқулов: "Суперлига Про лига эмас, бизни қийин ва қизиқарли мавсум кутмоқда"  4 19:20Ўзбекистон аёллар миллий терма жамоаси БААда халқаро турнирда иштирок этади  2 18:38Тебас ЕЧЛ янги формати ҳақида: "Вазиятни янада ёмонлаштиришди. Клублар ўртасидаги тафовут ортиб кетяпти"  46 17:50Гвардиола: "Винисиус "Олтин тўп"га лойиқ эди"  42 17:24Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Осиё чемпионати финалига чиқди!  17

Yangi Van Deyk, 20 millionlik yarim himoyachi va "Milan" vingeri - Norvegiyaliklarning yangi super-avlodi bilan tanishamiz (2-qism) Yangiliklar

Yangi Van Deyk, 20 millionlik yarim himoyachi va "Milan" vingeri - Norvegiyaliklarning yangi super-avlodi bilan tanishamiz (2-qism)

Norvegiyaliklarning yangi avlodi bilan tanishamiz: yangi Van Deyk, 20 millionlik yarim himoyachi va "Milan" vingeri

Norvegiyada super-avlod etishmoqda yoxud hamma gap yangi tizimda: olis qishloqdagi to'garaklar va texnikaga etibor haqida 


Ko'rilgan choralar samarasi o'laroq Norvegiya futboli yoshardi. Etti yil davomida — 2008 yildan 2014 yilgacha — Elitseriya futbolchilarining o'rtacha yoshi sezilarli ravishda o'zgardi (26,8 yoshdan 25,6 gacha). Eng yosh debyutant rekordi deyarli har mavsum yangilanmoqda: o'sha mashhur Edegor ham katta futbolga 15 yoshida kirib kelgan.

Yangi avlod yoshlar jamoasini ham birdan yuqoriga torta boshladi. 2019 yil Norvegiya U-20 25 yildan beri birinchi marta yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqchiga chiqishni uddaladi. O'sha musobaqada Xoland Gonduras darvozasiga 9ta to'p kiritib, yakunda turnir "Oltin butsa"sini ham qo'lga kiritgandi. U-19 termasi ikki bor Evropa chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi 2018 va 2019 yillarda (bungacha 20ta shunday musobaqa o'tkazib yuborilgandi). 17 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoa Evropada undanda yorqinroq natija qayd etdi: 2017 yil guruh bosqchii, keyingi yil — chorakfinal.

2021 yilga kelib norvegiyalik yangi iqtidorlarning birinchi partiyasi "tayyor" bo'ldi va Evropaga tarqalib ketdi. Xoland va Edegor haqida siz yaxshi bilasiz: bu yigitlar yaqin o'n yillikda Norvegiyaga bir-ikkita "Oltin to'p" olib bersa ajab emas. Biroq ularning ortida bir guruh sifatli futbolchilar bor. Yaqin vaqtlarda ularni top-klublarda ko'rsangiz, ajablanmang.

• Markaziy himoyachi Kristoffer Ayer (22 yosh, "Seltik"). Qisqa qilib aytganda — yangi Van Deyk. Ayerni SHotlandiyada aynan shunday atashadi: norvegiyalik jamoaga Brendan Rodjers kelgach, asosiy tarkib azosiga aylandi va endi liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida tilga olinyapti. Yozda Ayer katta ehtimol keyingi pog'onaga ko'tariladi — Italiya OAVi futbolchini "Milan"ga yo'l olishini taxmin qilmoqda.

• Forvard Aleksandr Serlot (25 yosh, "RB Leypcig"). Norvegiyaning Xolanddan keyingi ikkinchi hujumchisi. 25 yoshdagi futbolchi Evropaning turli xil olti chempionatida to'p tepib ulgurdi va chinakamiga Turkiyada ochildi: "Trabzon"dagi mavsumda Serlot 24ta gol urdi. Hozirgi kunda esa "Leypcig"ning muhim futbolchilaridan biri.

• Vinger Yens Xauge (21 yosh, "Milan"). Xauge port-shahar Budyoda tavallud topgan. U erlarda yozda ham havo 14 gradusdan issiq bo'lmaydi. Yens Grettlan faolligi bilan ko'paytirilgan suniy qoplamali maydonlar tufayli futbol bilan shug'ullana boshlagan. Hozir Xauge "Milan" asosiy tarkibiga kirish uchun kurashmoqda va qator gollar urishga muvaffaq bo'ldi.

• Markaziy yarim himoyachi Sander Berge (23 yosh, "SHeffild"). 2019 yil kuzida Berge "Genk" safida ECHL o'yinlarida "yondirib tashladi" (UEFA uni kashfiyotlar termasiga kiritdi) va yanvardayoq Angliyaning "SHeffild Yunayted" jamoasiga 20 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Yomon boshlamadi, lekin 2020/21 yilgi mavsum boshida jarohat oldi va ancha vaqtni maydon tashqarisida o'tkazdi (kim biladi deysiz, balki "SHeffild"ning omadsizliklariga bu ham sababdir). Katta ehtimol Berge "Evro-2020"gacha jamoasini alishtiradi. Eurosport "Liverpul" va "MYU qiziqishi haqida aytmoqda.

SHuningdek: Morten Torsbyu (24 yosh, "Sampdoriya"), Matias Normann (24, "Rostov"), Yorgen Larsen (21, "Groningen"), Xokon Even (21, "AZ Alkmar"), Joshua Kitolano (19, "Odd"), Brayan Fiabema (18, "CHelsi"), Nikolay Skoglund (18, "Sporting"), Oskar Bobb (17, "Man Siti").

"Biz muntazam ravishda Norvegiya bozorini tahlil qilamiz, — deydi "Genk" texnik direktori Dimitri De Konde. — Oxirgi vaqtlarda u erda ko'plab iqtidorlar etishib chiqmoqda. Qo'shimchasiga norvegiyaliklarning mentaliteti ajoyib — ular kamtar va mehnatkash.

Norvegiyalik futbolchi uchun standart sxema quyidagicha ko'rinish olgan: 15-16 yoshda yorqin debyut, ona yurtida o'tkazilgan omadli mavsum va top-klub tizimiga transfer. Ammo u erda hamma ham yo'lini topib ketolmaydi: Norvegiyadagi zavq uchun o'ynalgan futboldan keyin hamma ham kuchli top klublardagi raqobatga dosh berolmaydi. 20 yoshda ular biroz kuchsizroq ligalarga qaytishadi. Martin Samuelsen ("Siti"da boshlagan, hozir "Xall Siti"da), Ulrik Yenssen ("Lion" — "Nordshelland"), Bersant Celina ("Siti" — "Dijon"), Gustav Engvall ("Bristol" — "Mexelen") — ulardan bazilarini siz butkul tanimassiz, ammo bu yigitlar Xoland va Edegorning tengqurlari va ular kabi yuqori baholangan edilar. 

Norvegiyaning oldida oxirgi qadamni tashlash qoldi — kattalar futbolida ham o'z so'zini aytish. Biroq hozircha bu borada muammolar yuzaga kelmoqda: jamoa Evro-2020 yo'lida Serbiyaga mag'lub bo'ldi va JCH-2022 saralashida Turkiyaga yirik (0:3) hisobda mag'lub bo'ldi. Buni norvegiyaliklar tizimining hali juda yoshligi bilan (tayyor top-futbolchilar asosiy tarkibga ham chiqmayapti) izohlash mumkin. Hozir biz ko'rayotganlarimiz — endigina boshlanishi. JCH-2022 biroz qiyin bo'lsa kerak, lekin Evro-2024da Norvegiya ko'pchilikni hayron qoldirsa ajablanmang.

2019 yil jurnalist Tom Farri "The New York Times"da Norvegiyadagi sport haqida longrid yozgan. Matnda Farri Norvegiya mo'jizasiga juda mos izoh bergan:

"Bolalarining 93 foizi qulay shart-sharoitlarda sport bilan shug'ullanuvchi jamiyatni tasavvur qiling. Hukumat sportga katta mablag' sarflamaydi, lekin barcha to'garaklar to'laqonligicha bepul. U erda kurash sabab nizolar yo'q, kuchlilarni kuchsizroqlardan ajratib qo'yishmaydi. Keyin esa eng yaxshilar dunyo darajasidagi sportchiga aylanishadi. Men Norvegiya haqida aytyapman".


Sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика