Yangi shartnomaga ko'ra Lautaro Martinesning tovon puli 200 million funt bo'ladi
07 dek 2019 11:02
Yangiliklar


Yangi shartnomaga ko'ra Lautaro Martinesning tovon puli 200 million funt bo'ladi
"Inter" forvardi Lautaro Martines klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin.
Milan klubi 22 yoshli argentinalik bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Yangi bitimga ko'ra, Lautaroning maoshi oshadi va uning tovon puli 200 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Martinesga "Barselona", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.
Argentinalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 14ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
17:10
Lautaro bilan Chalxanog'lu o'rtasidagi nizo tufayli "Inter"da favqulodda yig'ilish bo'lib o'tdi 4

Fikrlar