"Inter Mayami" "Red Bullz"ni 5:1 hisobiga yutdi - Messidan dubl
20 iyu 07:52
Yangiliklar


"Inter Mayami" "Red Bullz"ni 5:1 hisobiga yutdi - Messidan dubl
MLS doirasidagi navbatdagi uchrashuvda "Nyu-York Red Bullz" o'z maydonida "Inter Mayami"ni qabul qildi.
Harrisondagi "Red Bull Arena"da bo'lib o'tgan o'yin mehmonlar —"Inter Mayami"ning yirik 5:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mayami jamoasi safida Jordi Alba, Telasko Segoviya (2 ta gol) va Lionel Messi (2 ta gol) muallifiga aylandi. Shuningdek, Messining hisobiga birta golli pas ham yozildi.
"Red Bullz"ning yagona goliga Aleksander Xak mualliflik qildi.
Bu "Inter Mayami" uchun so'nggi etti o'yindagi oltinchi g'alaba bo'ldi. "Red Bullz" esa oxirgi uch o'yinda ikkinchi marta mag'lubiyatga uchradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
ЭМУШ
Месси: 874 голов — из них 110 с пенальти, 764 с игры.
Роналду: 938 голов — из них 175 с пенальти, 763 с игры.