So’nggi yangiliklar

00:26ЕКЛ. "Фиорентина" икки ўйин натижасига кўра "Брюгге"дан устун келди ва илк финалчига айланди!  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" – "Бавария" 0:0 (матнли трансляция)  53 23:58Мбаппега Саудия Арабистонига кетишни маслаҳат беришди  1 23:36"Манчестер Юнайтед" дунёнинг энг қиммат клуби деб топилди!  4 23:00ЕЧЛ финали сари йўл. "Реал Мадрид" – "Бавария". Асосий таркиблар аниқ!  36 22:21Кроос: "Бавария"га қарши ўйинни финалдан умуман фарқи йўқ. Математика билан шуғулланиш керак эмас"  2 21:54Рустам Лутфуллин бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувига тайинлов олди  1 21:31Рўзиқул Бердиев икки марта жаримага тортилди – ЎФА Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  16 21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  8 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  6 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  7 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  1 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  6 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1

"Yangi OCHLda 6 ta davlat vakillari ishtirok etadi". Nodirxo'ja Yuldashev - Osiyo CHempionlar Elit ligasi haqida Yangiliklar

"Yangi OCHLda 6 ta davlat vakillari ishtirok etadi". Nodirxo'ja Yuldashev - Osiyo CHempionlar Elit ligasi haqida

Saytimiz asoschilaridan biri Nodirxo'ja Yuldashev Osiyo CHempionlar Elit ligasi haqida fikrlarini bayon qildi.

"Kamoliddin Alimovdan shoshilinch xabar olgan Narzulla kichik joyda xatoga yo'l qo'ygan. Aftidan Avaz akam loyihaning o'sha joyini gapirayotganlarida Alimov Dubaydagi milliy taomlarga chalg'igan. Avaz aka bilan "Al Ayn" bilan o'yinni birgalikda tomosha qilib, ko'plab savollarimga javob oldim. Ertasi kuni ular Bobur Akmalov, Eldor Mustafoev va Kamoliddin Alimov bilan choy ustida suhbat qurishdi. Demak, mavzudan chetlashmayman.

Yangi OCHLda 6 ta davlat vakillari ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni (3), Qatar (2), Eron (2), BAA (1), O'zbekiston (1), Iroq (1).

Yana 2 ta yo'llanma uchun Qatar, Eron va BAA klublari pley-off bosqichida kurash olib boradilar. 

Pley-off o'yinlari 30 iyul, 6 va 13 avgust kunlari bo'lib o'tadi. Unda 3 jamoa o'zaro o'ynab chiqadi. 1 va 2-o'rinni qo'lga kiritgan ikki klub final bosqichiga chiqadi.

Musobaqani o'zi sentyabr oyida start oladi. Taqvim bilan to'liq tanishib olishingiz mumkin.

16/17 sentyabr, 1-tur.

30.09/1 oktyabr, 2-tur.

21/22 oktyabr, 3-tur.

4/5 noyabr, 4-tur.

25/26 noyabr, 5-tur.

2/3 dekabr, 6-tur.

3/4 fevral, 7-tur.

17/18 fevral, 8-tur.

3/4 mart, 1/16 finalning birinchi uchrashuvi.

10/11 mart, 1/16 finalning javob uchrashuvi.

25 aprel - 4 may, markazlashgan 1/4, 1/2 va final o'yinlari. 

Yangi formatdagi Osiyo chempionlar ligasida jami 24 ta klub qatnashadi. 12 ta sharqdan, 12 ta g'arbdan. Birinchi bosqichda ular o'z hududlarida o'zaro o'ynaydilar. OFK musobaqalar o'tkazish bo'limi avvaliga shaxmat uslubidagi variantni qo'llamoqchi bo'ldi. Lekin ular bu fikrdan qaytdilar. Sababi UEFA dan farqli, bizning qitada davlatlar o'rtasidagi viza bilan muammolarning ko'pligi. SHuning uchun qura bo'ladi va har bir jamoa uyda 4 ta, safarda 4 ta o'yin o'tkazadi. Kim, kimga tushishi nomalum. Lekin qura tashlangan kuni avvaldan aniq bo'ladi. Har bir jamoa o'zining 8 ta o'yinidagi raqiblari haqida aniq va tiniq malumotga ega bo'ladilar. Bu tizimni tanlanishidan asosiy maqsad, klublar viza va parvoz masalalarini avvaldan rejalashtira olishlari. 

Hozircha bu musobaqaning birgina ishtirokchisi malum. Qolgan ishtirokchi davlatlardan farqli O'zbekiston Superligasi bahor-kuz tizimida bo'lganligi uchun bizda chempion aniq. 5 ta davlatning sovrindorlari 2024 yilga kelib aniqlanadi.

Yana taqvimga qaytaman. "Paxtakor" quraga ko'ra o'z uyida Saudiya Arabistonining 3 ta klubi bilan o'ynashi mumkin yoki aksincha "Al Hilol" va "Al Nassr" kabi klublarga qarshi safarda. Umuman, bu klublar "Paxtakor"ga raqiblik qilmasligi ham mumkin. Qura 13 avgustdan keyin tashlanadi. Ungacha biz raqiblar borasida aniq bir axborot berishga haqqimiz yo'q. 

Musobaqaning final bosqichi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Unda sharq va g'arbdan 4 tadan jamoa yig'iladi. OFK mezbonlik uchun elon berganida ikki davlat qiziqish bildirdi – Iroq va Saudiya Arabistoni. Tabiiyki, bunday holatda OFK Saudiya Arabistonini tanlardi, shunday bo'ldi ham. Bu barcha uchun qulay. 2024/25, 2025/26 yilgi Elit OCHLning final bosqichi arablarda o'tadi. Keyingi 3 ta final ham, hozircha S.A mezbon, ammo vaziyat taqozosi bilan OFK mezbon mamlakatni o'zgartirishi mumkin.

Yangi OCHL g'olibi 12 mln AQSH dollariga, finalchi esa 6 mlnga ega bo'ladi. Hozirgi OCHL bilan solishtirganda bu 3 marotaba ko'p. Qolgan xarajatlar hozircha ochiqlanmagan", – deyiladi postda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика