Aukcionga qo'yilgan do'ppining narxi 44 million so'mga etdi. Barcha pullar bolalar shifoxonasiga xayriya qilinadi
08 may 14:47
Yangiliklar
Aukcionga qo'yilgan do'ppining narxi 44 million so'mga etdi. Barcha pullar bolalar shifoxonasiga xayriya qilinadi
U-23 Osiyo kubogida Husayn Norchaev va Jahongir Fayzullaev birgalikda mashhur qilgan do'ppi aukcionga qo'yilganidan xabaringiz bormi?
Aukciondan tushgan hamma mablag' Toshkent shahridagi "Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi"ga xayriya sifatida topshiriladi.
Boshlang'ich narx - 1 million so'm bo'lgan do'ppining hozirgi eng baland narxi 44 million so'mga etdi. Sizda yanada ko'proq narx taklif qilish va bolalarga yanada ko'proq pul xayriya qilish imkoniyati bor.
Aukcion 10 may juma kuni, Toshkent vaqti bilan soat 19:59 da tugaydi.
Narx taklif qilish uchun USHBU XABAR tagiga komment yozing.
Fikrlar