XXI asrning eng yaxshi hakami aniqlandi (IFFHS)

Eldor Akmurzayev
16 fev 2021, 21:45
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) XXI asr ilk 20 yilligining eng yaxshi referilari ro'yxatini tuzdi.

Tashkilot o'zi e'lon qilgan hakamlarning yillik reytinglari bo'yicha tasnifladi. Undan esa TOP-20'ga kirgan hakamlar joy oldi. Yil arbitri bo'lganlarga 20 ball, 2-o'rindagilarga 19 ball berildi va hokazo.

Natijalarga ko'ra, germaniyalik Feliks Brix jahonning 2001-2020 yillardagi eng yaxshi hakam deb topildi.

1. Feliks Brix (Germaniya) – 141 ball.

2. Junayt Chaqir (Turkiya) – 140.

3. Xovard Uebb (Angliya) – 137.

4. Markus Merk (Germaniya) – 135.

5. Born Kuypers (Niderlandiya) – 133.

6. Nikola Riccoli (Italiya) – 121.

7. Oskar Ruis (Kolumbiya) – 104.

8-10. Massimo Buzakka (Shveytsariya) – 96.

8-10. Xorxe Larrionda (Urugvay) – 96.

8-10. Lyubosh Mixel (Slovakiya) – 96.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS