Xvichaga 10-raqamni berish kerakmi? Maradonaning o'g'li javob berdi
19 mar 2023 14:20
Yangiliklar


Xvichaga 10-raqamni berish kerakmi? Maradonaning o'g'li javob berdi
"Napoli" afsonasi Diego Maradonaning o'g'li ayni damda neapolliklar etakchisi bo'lib turgan Xvicha Kvaracxeliyaga 10-raqamni berish kerakligi borasida gapirdi.
"Lorenco Insine borasida aytgan gapimni yana takrorlashim mumkin. Kvaracxeliya - ajoyib futbolchi. Biroq 10-raqamga tegib bo'lmaydi", - dedi kichik Maradona.
Diego Maradona 1984-1991 yillar davomida "Napoli" tarkibida 10-raqamda o'ynab, 188 o'yinda 81 gol urgan. Klubdagilar uning hurmat sababli 10-raqamni muzlatib qo'ygan.
Kvaracxeliya ushbu mavsumda 29 o'yinda qatnashib, 13tadan gol va assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar