Xummels "Borussiya" safida yubiley uchrashuvini o'tkazdi
23 may 2020 23:48
Yangiliklar


Xummels "Borussiya" safida yubiley uchrashuvini o'tkazdi
Bundesliga doirasidagi 27-tur o'yinida "Borussiya" safarda "Volfsburg"ni mag'lub etdi (2:0).
Bu bellashuv Mats Xummelsning klub tarkibida Bundesligadagi 250-uchrashuvi bo'ldi. U jarohat olgani bois tanaffusda almashtirildi.
31 yoshli Xummels 2007/08 yilgi mavsumdan boshlab "Borussiya" safida o'ynay boshlagan, ammo 2016 yilda "Bavariya"ga o'tgandi.
2019 yilning iyunida Dortmund klubi Xummelsni 38 million evro evaziga ortga qaytardi.
Nemis futbolchisi ushbu mavsumda "Borussiya" uchun Bundesligada 25 o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar