Xummels Bundesligaga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
8 noya 2024
Himoyachi Mats Xummels "Roma"ni tark etishi mumkin.

Germaniyalik futbolchi sentyabr oyi boshida erkin agent sifatida Rim klubi safini to'ldirgandi.

Yangi jamoasi tarkibida u faqatgina "Fiorentina" (1:5)ga qarshi o'yinda 25 daqiqa o'ynadi holos. Yevropa ligasida "Yunion"ga qarshi o'yinda Evan Ndika hamda Mario Ermoso maydonga tushmaydigan bo'lganida ham 35 yoshli futbolchi tarkibga kiritilmadi.

Shu sababli Xummels qishda jamoadan kyetishni reja qilmoqda va Bundesligadan variantlar qidirmoqda. Uning "Roma" bilan shartnomasi 2025 yilgacha davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport