Xummels Ranerini maqtadi

Alisher Ostonov
27 apr 2025, 15:15
Mats Xummels Klaudio Ranerining "Roma"ga ijobiy ta’sirini qayd etdi.

"Klaudio o'zi bilan doimiy obro'sini olib keldi, u xotirjam va yaxshi inson, lekin kerak bo'lganda qattiqqo'l. U o'z o'yinchilaridan nimani xohlashini va tarkib bo'yicha qarorlarini yaxshi biladi.

U men bilan ham o'zini shunday tutardi, lekin menda hech qachon bu borada muammo bo'lmagan. Men uni har doim hurmat qilaman, chunki u jamoa g'alaba qozonishi uchun hamma narsani qilayotganini bilaman. U jamoadan ko'p narsa kutadi, ammo uning juda yaxshi ishlaydigan professional shtabi ham bor. Murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi kombinaciya juda yaxshi ishlaydi, deb o'ylayman", - dedi "Roma" himoyachisi.

Ayni vaqtda rimliklar A Seriyada ketma-ket 17ta o'yinda mag'lubiyatga uchramay, 7-o'rinda bormoqda. Bugun ular turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Inter" mehmoni bo'lishadi.

Eslatib o'tamiz, Xummels mavsum yakunida faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgandi. Shuningdek, Ranerining ham yozda klubdan ketishi aniq.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: calciomercato.com