Xristo Stoichkov: "Lautaro "Barsa"da ko'p narsani o'rganadi, u ajoyib ustozga ham ega bo'ladi - bu Suares"
22 may 2020 22:18
Yangiliklar


Xristo Stoichkov: "Lautaro "Barsa"da ko'p narsani o'rganadi, u ajoyib ustozga ham ega bo'ladi - bu Suares"
"Barselona" sobiq futbolchisi Xristo Stoichkov hujumchi Lautaro Martinesning "Inter"dan Kataloniya klubiga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.
"Martines qobiliyatli futbolchi. U "Barselona"da ko'p narsalarni o'rganadi. Lautaro ajoyib ustozga ham ega bo'ladi – bu Luis Suares. U Messi, Grizmann va Dembele bilan o'zaro chiqishib keta oladi.
Lautaro nafaqat gollar urishni, balki raqobatga kirishishni ham yaxshi ko'radi. U har kuni o'sib bormoqda, buni ushbu mavsumda isbotladi", – deydi Stoichkov TyC Sports'ga.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar