So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Xotirjam “Paxtakor”, Rashidovga atalgan bo'lim: “Paxtakor” – “Mashal” o'yini haqida Yangiliklar

Xotirjam “Paxtakor”, Rashidovga atalgan bo'lim: “Paxtakor” – “Mashal” o'yini haqida

Teglar :  Mashal Paxtakor
O'zbekiston Superligasi 2021 yilgi mavsumi qiziqarli boshlandi, buni tan olmasdan iloj yo'q.

Ammo meni xavotirga solayotgan jihat bu har yilgi bahordagi start kabi emasmikin? Har yili bahorda boshlanadigan chempionatimiz shiddatli ko'rinadi, yozga borib shiddat tush vaqti quyosh tagida piyoda yurgan odam kabi bo'shashib qoladi. Har qalay, menga shunday tuyuldi, tag'in bilmadim.

15 mart kuni Toshkentda poytaxtning “Paxtakor” jamoasi Muborakning “Mashal”ini qabul qildi. Toshkent klubi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo'lsa-da, ishoning, bu muborakliklarning ham, toshkentliklarning ham maksimal o'yini emas. O'zi o'yin qanday bo'ldi, deysizmi? Biroz tafsilotlarga o'tamiz.

Paxtakor

Farrux Sayfiev - 9', Dragan CHeran - 36', Sardor Rashidov - 59'

Superliga. 2-tur

15/03/2021, 18:30

0
:
3
Tugadi

Mash’al

45'
90'
9'  Farrux Sayfiev
9'  Egor Krimets
36'  Dragan CHeran
36'  Sharof Muhitdinov
59'  Sardor Rashidov
59'  Eren Derdiyok
64'  Azizbek Turg’unboyev (Xojimat Erkinov)
64'  Egor Krimets (Anzur Ismoilov)
76'  Dragan CHeran (Humoyunmirzo Iminov)
45'  Sardor Abduraimov
66'  Humoyun Murtozaev (Doniyor Usmonov)


“Paxtakor”ning tartibli o'yini bilan esda qolgan birinchi bo'lim haqida


O'yin startidanoq muborakliklar hujumga o'tishdi. Biroq bu vaqtinchalik hujum va shiddat edi. Ilk daqiqalardanoq o'yin nazoratini “Paxtakor” qo'lga oldi. Bir qator hujumlar uyushtirishga muvaffaq bo'ldi, ammo samara ha deganda bo'lavermadi. Toshkentliklar safida etiborimni tortgan jihat Farrux Sayfievning o'ng qanot himoyasida, IbrohimHalil Yo'ldoshevning chap qanot himoyasida o'ynagani bo'ldi. Sayfievning omadi esa aynan o'ng qanotdagi harakatlari evaziga keldi. Egor Krimets to'pni “Mashal” jarima maydonchasi ichkarisiga uzatdi, barchadan o'tib ketgan to'p Farrux Sayfievga kelib tushdi, himoyachi esa bu joyda hujumchilarga xos tarzda gol urib, hisobni ochdi. 9-daqiqada urilgan goldan so'ng muborakliklar oldinga borishda davom etishdi. Bir vaziyatda Humoyun Murtazoevning xavfli zarbasini Sanjar Quvvatov qaytarib yubordi va to'p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi. Biroq baribir yana toshkentliklar hujumlar galasini yog'dirishdi. Sardor Rashidov bir necha vaziyatda o'z omadini sinab ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'limning 36-daqiqasida esa yana bir gol urildi va yana “Mashal” darvozasiga. Bu vaziyatda SHarof Muhitdinov hamda Dragan CHeran muborakliklar himoyasini “devor uslubi”da yorib kirishdi hamda CHeranning engil zarbasidan so'ng hisob ikkitaga etdi. SHundan so'ng aytarli vaziyat bo'lmadi, jamoalar tanaffusga yo'l olishdi.



Rashidovga atalgan bo'lim

Ikkinchi bo'lim avvalidan etiborimni boshqa narsa tortdi. Birinchi bo'limda “Paxtakor”ning qanot himoyachilari joylarini o'zgartirganini aytgan edim, ikkinchi bo'limda “sherlar”ning hujumchilari qanotlarini o'zgartirishdi va bu foyda berdi. Sardor Rashidov o'zining sevgan o'ng qanotidan bir necha bor yorib kirdi. Bahsning 59-daqiqasida u chamasi 16 metrlardan bergan engil zarbasi bilan hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Goldan so'ng ham bir necha vaziyat yaratildi. CHap qanotda o'ynayotgan Aziz Turg'unboev negadir ishi yurishmadi chog'i uni bosh murabbiy almashtirdi. Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Hojimat Erkinov faol harakat qildi. Bir vaziyatda darvozabon bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo to'pni markazdagi sheriklaridan biriga oshirmoqchi bo'ldi-yu, u erda hech kim yo'qligini ko'rmay qoldi. “Mashal” jamoasi esa bazi-bazida hujumga o'tib turdi. Ularning ikkinchi bo'limdagi eng xavfli hujumi 85-daqiqada Sirojiddin Qo'zievning 30 metrlardan bergan zarbasi bo'ldi. To'pni Quvvatov ishonch bilan ushlab oldi. Birinchi bo'limga qo'shimcha vaqt qo'shib bermagan hakam, 2 daqiqani ikkinchi bo'lim uchun qo'shdi. Natija o'zgarmadi, “Mashal” jamoasi O'zbekiston Superligasi dastlabki 2 turini Toshkent klublariga qarshi safarda o'tkazdi hamda ikkisida ham mag'lub bo'ldi. “Paxtakor” esa mavsumdagi ikkinchi g'alabasini qo'lgan kiritdi.




Murabbiylarning fikri

Video. Aleksandr Xomyakov: "Gol ura olmayotganimiz meni havotirga solmoqda"         

Video. Piter Xyuistra: "Rashidov, Turg'unboev va Temirovning harakatlari meni xursand qilmoqda"        



Keyingi tur oldidan

“Paxtakor” jamoasini 3-turda anchagina qiyin raqib kutib turibdi. Jamoa Olmaliqqa, AGMK maydoniga safar qiladi. 2 o'yinda 1 g'alaba va 1 durang qayd etgan AGMK jamoasi chempionlik yo'lidagi ashaddiy raqiblariga qarshi bahs olib boradi. 18 mart kuni, 18:30 da boshlanadigan o'yin barchasiga oydinlik kiritib beradi.

Muborakning “Mashal”i esa va nihoyat Superliganing yangi mavsumida o'z maydonida o'ynaydi. Jamoa Bekobodning “Metallurg”ini qabul qiladi. “Metallurg” jamoasi 16 mart kuni o'z o'yinini o'tkazadi. Ular birinchi turda mag'lubiyatga uchrashgan. Hoynahoy, bugungi o'yinda bekobodliklar ham mag'lubiyatga uchrashsa unda 3-turda Muborakda haqiqiy jang bo'ladi. Axir chempionatda hali g'alaba qozonmagan jamoalar shunday qolishni istashmaydi-ku.

 




Og'abek Samisov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика