Xotira-79ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
02 apr 2018 09:45
Yangiliklar
Xotira-79ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Pro-liganing B guruhida ishtirok etuvchi Xotira-79ga yangi bosh murabbiy tayinlandi.
Uychiliklar ushbu lavozimga Nozim Mullaoxunovni olib kelishga qaror qildi. Andijonlik murabbiyning bungacha «UzDongJu» va «Andijon» yoshlar jamoasini boshqarganini muxlislar yaxshi biladi. Endilikda 45 yoshli mutaxassis «Xotira-79» jamoasini yangi mavsumga tayyorlamoqda. Yangi bosh murabbiy jamoaga keliboq, eng avvalo selekciya ishlariga etibor qaratishni lozim topdi. Negaki, yaqindagina yangitdan tuzilgan jamoada ko'plab futbolchilar bor. Ulardan yangi bosh murabbiy tabiiyki talabga javob beradiganini olib qoladi. Hozircha «Xotira-79»ga «Andijon»dan Baxtiyor Qosimov va Jahongir Mahsudov kelib qo'shilgani haqida malumot bor.
Eslatib o'tamiz, uychiliklar chempionatning ilk turini safarda «Yozyovon-Lochinlari»ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar