"Paxtakor-79" jamoasini xotirlash tadbiridan GALEREYA
11 avg 12:37
Yangiliklar


"Paxtakor-79" jamoasini xotirlash tadbiridan GALEREYA
Bugun "Paxtakor" stadionida o'rnatilgan yodgorlik va Botkin qabristonida 1979 yil 11 avgust kuni sodir bo'lgan aviahalokat natijasida hayotdan ko'z yumgan jamoa azolarini xotirlash tadbiri o'tkazildi.
Unda futbol jamoatchiligi, mutaxassislar, faxriylar, klub vakillari va muxlislar ishtirok etdi. Tadbirda so'z olganlar jamoani xotirlar ekan, "Paxtakor" butun O'zbekistonni dunyoga tanitgani, muxlislarning faxri bo'lgani, fojia sababli futbolimiz katta yo'qotishga uchraganini alohida takidladilar.
"Samoga sochilgan yulduzlar" nomi hech qachon unutilmaydi. Yildan yilga ularning siymolari yosh avlodga faxr tuyg'usi bilan ko'chib o'tmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Ям- яшил майдон хам сарғайган чоғда,
Узоқда минг қалблар хайратли доғда.
Ўн биринчи августь, булутли осмон,
Унсиз йиғлаганди, эшитган инсон.
Ёз чилласи баланд учса турналар,
Кемтик кўнгиллар дарди, бир тирналар.
Ёдга тушар, Пахтакор даври шу он,
Самода сочилган ўн етти ўғлон.
Номим чиқсин дея Ўзбекистонда,
Ватан учун, жавлон уриб майдонда.
Манзилга етмаган ўн етти ўғлон,
Мухлислар қалбида яшайди хар он.
Эх улар, Европа чемпионлари,
Эх ўзбек футболи истиқболлари.
Ўн гулидан бир гули очилмаган,
Ўзбегимни эркатой ўғлонлари.