So’nggi yangiliklar

19:15Кокорин Россияда футболчиларнинг маоши ҳақида: "Жуда эрта жуда кўп пул беришади"  0 18:51Скоулз: "МЮ Хейлундга ўхшаган ҳужумчи - Шешкони сотиб олди. Мантиқ қаерда?"  1 18:15"Барса" Левандовскининг терма жамоада олган жароҳати сабабли ундан норози  1 17:36Френки Де Йонгнинг товон пули ярим млрд. еврога етди  0 16:50ФИФА Ғазодаги барча футбол иншоотларини тиклашга ёрдам беради  6 16:43Англия жаҳон чемпионатида 17-бор иштирок этади  1 16:15Трамп хавфсизлик сабабли Бостонни ЖЧ-2026 ўйинларидан маҳрум этиш билан таҳдид қилди: "Мен Инфантинога қўнғироқ қиламан — у буни осонликча амалга оширади"  2 16:00Дембеле атрофидагилар "Олтин тўп" сабаб футболчининг маоши Неймар ва Мессиникидек бўлиши керак деб ҳисобламоқда  0 15:32"Манчестер Сити" тўқ яшил тусдаги янги формасини тақдим этди, унда NFC чипи мавжуд  1 14:45Саводхонлик даражаси 90% бўлган вулқонлар мамлакати ҳам ЖЧда иштирок этади  1 14:18Келажак юлдузлари. The Guardian нашри ўзбекистонлик футболчини 60 нафар энг иқтидорли ўйинчилар рўйхатига киритди  6 13:15Ўзбек клублари ўз тарихида илк бор ЖЧ учун ФИФАдан компенсация олади  10 13:10Футзал. Бугун Кака бошчилигидаги Қозоғистон терма жамоаси Тошкентга келади   7 12:57“Машъал” жамоаси 1111-расмий учрашув остонасида  1 12:50Месси терма жамоа тарихидаги рекордчига айланди  14

Xose Venansio Lopes: "Portugaliyadagi yig'inda biz Evropa terma jamoalari bilan darajamiz qanchalik farq qilishini bilib oldik. Mundialda realist bo'lishimiz va imkoniyatlarimizni to'g'ri baholashimiz kerak" Yangiliklar

Xose Venansio Lopes: "Portugaliyadagi yig'inda biz Evropa terma jamoalari bilan darajamiz qanchalik farq qilishini bilib oldik. Mundialda realist bo'lishimiz va imkoniyatlarimizni to'g'ri baholashimiz kerak"

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes mundial oldidan saytimizga intervyu berdi.

- O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Evropada yig'in o'tkazdi. Yig'in davomida Angola, Portugaliya va Franciyalarga qarshi nazorat uchrashuvida ishtirok etdik. Ushbu yig'in haqida batafsilroq gapirib bersangiz?

- Nazorat uchrashuvlari bizga Evropa jamoalari bilan darajamiz qanchalik farq qilishini bilib olish uchun xizmat qildi. SHuningdek, o'yinning qaysi jihatlarini yanada yaxshilashimiz kerakligini bilib oldik, himoyani yanada mustahkamlashimiz kerak.

- Nazorat uchrashuvlarining birida terma jamoamiz kutilmaganda Angolaga yirik 1:6 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchrashuv yopiq tarzda o'tkazilgani uchun, o'yin haqida ko'p malumotlarga ega bo'lolmadik. Balki Angola terma jamoasi haqiqatdan ham ancha kuchli jamoa bo'lishi mumkin. Angoladan uchragan mag'lubiyatga izoh berib o'tsangiz?

- Angola terma jamoasi ham Jahon chempionatida ishtirok etadi. Bu bejizga emas. Jamoaning oltita futbolchisi individual tomonlama juda kuchli. SHuningdek, uch nafar futbolchisi Portugaliya chempionatida to'p tepishadi. Jamoa bosh murabbiyi ham Portugaliyalik. Angola terma jamoasi zamonaviy futzal haqida to'liq tasavvurga ega jamoa. Bu o'rtoqlik uchrashuvi bo'lganini ham unutmaylik, bunday o'yinlarda biz ko'p tavakkalga qo'l uramiz. Angolaga qarshi juda ko'p eksperimentlar qildik. Raqib esa asosan himoyada harakat qildi va bizning xatolirimizdan unumli foydalandi. O'yindan o'zimizga kerakli xulosalarni chiqarib oldik va ikkinchi uchrashuvda ko'proq himoyaga tayanib o'ynadik. Angolaga qarshi kechgan ikkinchi uchrashuvda esa g'alaba qozonganimizdan xabardor bo'lsangiz kerak.

- Afsuski, terma jamoamizda yo'qotishlar soni ko'payib bormoqda. Portugaliyada ikki nafar futzalchimiz Ravshan Eliboev va Sunatilla Jo'raevlar jarohat olishdi va Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'lishdi. Davron CHoriev, Ravshan Eliboev, Sunatilla Jo'raev kabi terma jamoamizning muhim futzalchilari mundialga bizga yordam bera olishmaydi. Yo'qotishlar bizga qanchalik tasir qilishi mumkin?

- Eng asosiysi hozirgi kunda tarkibimizda bor futbolchilardan maksimal tarzda foydalanish va himoyamizni yanada yaxshilash.

- Jahon chempionati boshlanishiga ikki hafta vaqt qoldi. Terma jamoamiz so'nggi yig'inga kirishdi. Keyin esa Braziliyaga qarshi o'yinlar. Mundial oldidan o'tkazilayotgan so'nggi yig'in haqida gapirib o'tsangiz?

- So'nggi yig'inda o'zimiz uchun kerakli bo'lgan detallar ustida ishlashni maqsad qilganmiz. Braziliya terma jamoasiga qarshi o'tkaziladigan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bizga juda foydali bo'ladi degan umiddaman, sababi Braziliya juda kuchli terma jamoa hisoblanadi. Braziliya albatta ko'proq hujum qilishga harakat qiladi, bu esa bizga ko'proq himoyada o'ynash imkoniyatini beradi. Braziliyaga qarshi uchrashuvlarda grand terma jamoalarga qarshi himoyada qanday to'g'ri o'ynash kerakligini o'rganib olamiz.

- Biroz terma jamoamiz mavzusidan chetlashsak, bosh murabbiylik faoliyatingiz davomida uch marotaba Jahon chempionatlarida ishtirok etgansiz va ikki marotaba Ispaniya terma jamoasi bilan mundial finaliga qadar etib borgansiz. Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatidan shaxsiy kutilmalaringiz qanday? Balki shaxsiy maqsadlaringiz bordir?

- Bu mening to'rtinchi Jahon chempionatim bo'ladi. Imkon qadar uzoqroq ishtirok etishga harakat qilamiz. Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish, lekin realist bo'lishimiz ham kerak. Final uchrashuvida ishtirok etish degan katta maqsadni aytish mumkin, ammo uni bajarish juda qiyin. Vaziyatni to'g'ri baholagan holda o'z imkoniyatlarimizdan kelib chiqib maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz. 


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика