Futzal. Bugun Kaka boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasi Toshkentga keladi
15 okt 13:10
Yangiliklar


Futzal. Bugun Kaka boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasi Toshkentga keladi
Ayni paytda braziliyalik mutaxassis Paulo Rikardo Figeyro Silva (Kaka) boshchiligidagi Qozog'iston terma jamoasi Toshkent sari parvozni amalga oshirmoqda. Bugun kunning ikkinchi yarmida ular poytaxtimizga etib kelishadi. Kechki dasturda esa “Yunusobod” sport majmuasida o'yin oldi mashg'ulotini o'tkazishi belgilangan.
UEFAga o'tguniga qadar OFK tarkibida bo'lgan qozog'istonliklar Osiyo chempionatlarida ikki marta ishtirok etgan va bitta kumush, bitta bronza medaliga sazovor bo'lgan. 2001 yildan UEFAda o'ynab kelayotgan Qozog'iston terma jamoasi to'rt marta jahon chempionati, uch marta qita chempionati final bosqichida ishtirok etgan. Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijani qo'shnilarimiz 2021 yilda qayd etishgan va 3-o'rin o'yinda Braziliya terma jamoasiga yutqazib (2:4) qo'ygan.
Evropa chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini esa 2016-yili – debyut mavsumida qayd etishgan va bronza medaliga sazovor bo'lishgan. Oradan ikki yil o'tib, yana 3-o'rin uchun kurashgan qozog'istonliklar Rossiya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygan.
Toshkentga safar oldidan yon qo'shnilarimiz Evropa chempionatining saralash o'yinlaridan o'ta olishmadi. Ular pley-offda Italiya terma jamoasiga ikki uchrashuv natijasiga ko'ra imkoniyatni boy berishdi. 18-sentyabr kuni Fasanoda o'tgan o'yinda Apennin yarim oroli vakillari 2:1 hisobida zafar quchgan bo'lsa, 23-sentyabr kuni Astanada kechgan javob uchrashuvida qozog'istonliklar revansh olishdi – 3:2. Ikki uchrashuv natijasiga ko'ra g'olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi va unda italiyaliklar 4:3 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'zbekiston terma jamoasi bilan xalqaro arenalarda Qozog'iston 13 marta kuch sinashgan va shulardan 8 tasida g'alaba qozongan, 3 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan, 2 ta bahsda esa hamyurtlarimizning qo'li baland kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati – 46:29.
Sentyabr oyining oxirgi o'n kunligida Evropa chempionatining saralash o'yinlarida o'ta olmagan Qozog'iston milliy terma jamoasida bir qator jiddiy o'zgarishlar ro'y berdi. Ayni paytda mamlakat futzal associaciyasi terma jamoa tarkibini yoshartirish yo'nalishini tanladi. Mamlakatimizga kelayotgan terma jamoa tarkibida juda ko'plab yangi nomlar, yangi, yosh o'yinchilarni ko'rishimiz mumkin.
Qozog'iston terma jamoasi delegaciyasi tarkibi quyidagicha:
Jamoa bosh murabbiyi — Paulo Rikardo Figeyro Silva (Kaka)
Rasmiy vakillar — Kurman Nursultan, Pulatov Oibek, Iskandarov Axmatxon, Smolin Vassiliy, Akimkul Raxat, Aldabergen Arlan
Darvozabonlar:
Utepbergenov Talgat
Umirzakhov Bagdaulet
Galixanov Artur
Maydon o'yinchilari:
Akbalikov Albert
Baktiyarov Nurkanat
Bissembaiuli Ramazan
Valliulin Azat
Maraxov Ivan
Bolekbaev Iliyas
Edson Gomes Dos Santos
Orazov Birjan
Kairbay Damir
Malibekov Timur
Abdumapauli Abdirassil
Piyali Nursultan
Daribay Akjol
Deryabin Aleksandr
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Qozog'iston terma jamoalari uchrashuv 2025 yil, 16 oktyabr kuni “Yunusobod” sport majmuasida, soat 17:00da boshlanadi.
Barcha futzal ishqibozlarini terma jamoamizni qo'llab quvvatlash uchun chorlab qolamiz. Sport majmuasiga kirish mutlaqo bepul.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Футбол — бу инсоният яратган энг жонли саҳна. Унда юзлаб истеъдодлар ёрқин порлаган, аммо ҳақиқий икки юлдуз — Пеле ва Марадона. Улар футболни янгидан яратган, унга маъно, руҳ ва муҳаббат берган инсонлар.
Пеле — мукаммалликнинг тимсоли.
У уч марта Жаҳон чемпионлигини (1958, 1962, 1970) ютган ягона футболчи. 1281 гол билан рекорд ўрнатган. У техник жиҳатдан ҳам, жисмоний жиҳатдан ҳам идеал футболчи эди. Пеле нафақат гол урди, балки ҳар бир ҳаракатида халқнинг ифтихорини акс эттирди.
Марадона — эҳтирос ва исён рамзи.
1986 йилда Аргентина миллий жамоасини деярли ёлғиз Жаҳон чемпиони қилди. “Қўл илоҳийси” ва “Юз йиллик гол” билан у тарихга кирди. У миллатнинг руҳини уйғотди, халққа ишонч берди.
Нега Месси бу даражага етмаган?
Месси — замонавий футболнинг маҳсулоти. Унинг статистикаси кучли, лекин таъсири ва етакчилиги Пеле ёки Марадонаникидай эмас.
1️⃣ Пеле 17 ёшида чемпион бўлган, Месси эса 35 ёшидагина.
2️⃣ Марадона жамоани елкасинида кўтарган, Месси эса жамоа тизимига таянган.
3️⃣ Луис Роналдо ва Зидан каби у вазиятни қўлга олишда доимо суст бўлган. Қийин паллада у жангчи эмас, техник ижрочи бўлган.
4️⃣ Тўплар сони бўйича у Роналду билан рақобат қилолмаган — Роналду кўпроқ майдонда фаол, голда самарали бўлган.
5️⃣ Айлана, дриблинг ва хатарли паст кутилмаган ҳаракатларда Неймар ундан юқори бўлган.
6️⃣ Етакчилик жиҳатидан у ҳатто Каннаваро даражасига етмаган — у жамоани руҳан етакламаган, балки тизим ичида фаол бўлган.
Хулоса.
Футбол ҳақиқий икки юлдуз билан яшайди — Пеле ва Марадона. Улар ақл ва эҳтироснинг идеал мувозанати. Месси ва бошқалар шунчаки улар яратган юлдузли осмондаги юлдузчалар, холос. Манба: Playboy журнали