So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  1 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  2 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

Savodxonlik darajasi 90% bo'lgan vulqonlar mamlakati ham JCHda ishtirok etadi Yangiliklar

Savodxonlik darajasi 90% bo'lgan vulqonlar mamlakati ham JCHda ishtirok etadi

Teglar :  Kabo VerdeJCH-2026
Jahon chempionati debyutanti haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar.

Kuni-kecha Afrikada ham JCHga yo'llanmani qo'lga kiritgan yana bir nechta terma jamoa nomi malum bo'ldi. Ular orasida ayniqsa Kabo-Verde borligi ko'pchilikni hayratga soldi, yana boshqa tomondan quvontirdi. Sababi, balki ishtirokchilar soni ortgani tufayli, mundialda yana bir yangi nomga guvoh bo'lamiz. Xuddi O'zbekistonda bo'lgani kabi Kabo-Verdeda ham aqlbovar qilmas xursandchilik, katta yutuq qayd etildi. Shu sababli bugun mana shu mamlakat haqida batafsil to'xtalishga qaror qildik. Ishoning, bazi faktlar sizni lol qoldirishi aniq.


Kabo-Verde – kichik, ammo juda qiziqarli malumotlarga ega mamlakat!

Rasmiy nomi – Kabo-Verde Respublikasi.

Poytaxti – Praya.

Aholisi – 583.25 ming

Mamlakatdagi rasmiy til – portugal tili. Mahalliy aholining aksariyat qismi kundalik turmushda eski portugal tiliga asoslangan kreol (koloniya davlatlarida mahalliy aholi va Evropaning turli  mamlakatlari (ingliz, francuz yoki portugal) tillari qorishishi oqibatida yuzaga kelgan tildan foydalanadi. Mamlakatning ko'p joylarida ingliz yoki francuz tillarida so'zlasha olasiz.


Pul birligi – Kabo-Verde Eskudosi. Uning qiymati evroga qattiq bog'liq.

Vaqt mintaqasi – UTC-1. 

Iqlim va ob-havo. Kabo-Verdeda yil davomida quruq va anchayin qulay tropik iqlim hukmronlik qiladi. O'rtacha havo-harorati +26°Sni tashkil qiladi. Tropik yomg'irlar mavsumi esa avgust-oktyabr oylariga to'g'ri keladi, biroq umumiy olganda mamlakatda yog'ingarchilikni u qadar ko'p deb bo'lmaydi.


Atlantika o'rtasidagi orollar

Kabo-Verde — quyosh nuri va okean suvlarida joylashgan 10 ta vulqon oroli. 

Afrikaning eng tinch "burchagi"

Hech qanday urush, diktatorlar va davlat to'ntarishlari — tinchlik, qo'shiqlar, raqs va tabassum.


Fogu vulqoni — mamlakatning yuragi

Etiborli jihati vulqon bundan bor yo'g'i 11 yil avval ham o'zini barchaga eslatib qo'ygan. Otilish balandligi esa okean sathidan 3 km balandlikkacha ko'tarilgan. 

Odamlar va hayot tarzi

Eng katta diasporalardan biri

Boshqa davlatlarda mamlakat aholisidan ikki barobar ko'proq kabo-verdeliklar istiqomat qilishadi! Eng ko'pi — Portugaliya, Niderlandiya va AQSHda. 

Savodxonlik darajasi o'ta yuqori — taxminan 90% Bu Afrikadagi eng yaxshi ko'rsatkichlardan biri sanaladi

"Kichik mamlakat — katta yurak"

Aholisi — rasmiy malumotlarga ko'ra 600 mingdan kamroq, qator manbalarda 583.25 ming. Qizig'i, ularni dunyodagi eng ko'p tabassum qiladiganlar deb atashadi.


JCH-2026 AFK (Afrika futbol konfederaciyasi) saralashida Kabo-Verde "D" guruhidan joy olgandi. Quradan so'ng guruhning yaqqol favoriti sifatida Kamerun terma jamoasi etirof etilganiga qaramay, Kabo-Verde safarda imkoniyatni boy bergan bo'lsada, o'z maydonida nomdor raqibni taslim qila oldi. Yakuniy jadvalda (7 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat bilan) Kabo-Verde birinchi o'rinni egalladi va ikkinchi o'rindagi Kamerunni 4 ochkoga ortda qoldirdi.

Tarixiy o'yin. Saralashning so'ngi uchrashuvida Kabo-Verde o'z uyida Esvatini terma jamoasini 3:0 hisobida engdi. Ushbu bahsda Daylon Livramento, Villi Semedo va Stopira gollarga mualliflik qilishdi.

Aholi soni bo'yicha mundial ishtirokchilari ichida eng kichik mamlakatlardan biri.

Aholisi taxminan 525 – 600 ming (rasmiy malumotga ko'ra 583.25 ming) va ular Jahon chempionatiga chiqqan aholisi eng kam ikkinchi davlat (birinchisi — Islandiya, 2018 yilda).


Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiy Pedru "Bubista" Leytan Britu 1970 yilning 6 yanvarida tavallud topgan, sobiq futbolchi. Murabbiy sifatida mahalliy "Mindelensi", "Akademika du Mindelu", "Sporting Praya" va "Batuke" klublarida ishlagan. Keyinchalik terma jamoada bosh murabbiy yordamchisi sifatida faoliyat olib borib,   

Ilgarigi poziciyasi: markaziy himoyachi

Terma jamoani boshqarishni 2020 yillar atrofida boshlagan

Uning qo'l ostida jamoa ilk bor Jahon chempionatiga chiqdi


O'yin uslubi: 

Murabbiy uchun eng muhimi intizom hisoblanadi. Uning jamoalari odatda 4-3-3 yoki 4-2-3-1 taktik tizimida harakat qilishadi. Jamoaviy ruh — har bir o'yinchi o'z rolini aniq biladi. Shuningdek, mutaxassis diasporaga alohida etibor beradi. Aytib o'tganimizdek, kabo-verdeliklarning ancha-munchasi boshqa mamlakatlarda istiqomat qiladi. Futbol federaciyasi, jumladan, murabbiy ana shunday Evropada tug'ilgan futbolchilarni muntazam ravishda kuzatib boradi va terma jamoaga taklif qiladi.


Mashhur futbolchilari

Stopira — to'liq ismi Ianike dos Santos Tavaresh, himoyachi.

Tavaresh 1988 yil 20 may sanasida Nussa-Senora-da-Grasada dunyoga kelgan, hozir Portugaliyaning Ikkinchi ligasi ishtirokchisi "Torrense" klubi sharafini himoya qiladi. 37 yoshli himoyachi Esvatiniga qarshi tarixiy uchrashuvda gollardan biriga mualliflik qildi. 

Rayan Mendesh — to'liq ismi Rayan Isaak Mendesh Grasa, jamoa sardori va hujumchi. 

Rayan 1990 yil 8 yanvar sanasida Mindelu shahrida dunyoga kelgan. Afrika millatlar kubogi (AFCON-2023) turnirida jamoasini chorak finalgacha etib borishiga katta hissa qo'shgan. Turkiyaning "Kojalispor" klubi sharafini himoya qiladi.

Daylon Livramento — to'liq ismi Daylon Rosha Livramento do Rosario, hujumchi

Daylon 2001 yil 4 may sanasida Niderlandiyaning Rotterdam shahrida tavallud topgan. Esvatini bilan o'yinda hisobni ochgan Daylon jamoaning saralashdagi to'purari ham bo'ldi. 


Futbol muxlislari uchun bonus:

Kabo-Verdeda futbol — milliy ehtiros darajasida!

Deyarli har bir orolning o'z futbol jamoasi bor. JCH-2026 esa mamlakat miqyosidagi bayramga aylanib, odamlar bir necha kun buni nishonlashdi. 

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xududi kichik, lekin odamlari o'zimiznikilarga o'xshab ketadigan bag'rikeng, xushchaqchaq va eng muhimi Kabo-Verde ham tarixda ilk bor mundialda ishtirok etadi. Ular uchun shuning o'zi katta natija. Bevosita musobaqadagi natija qanday bo'lishi unchalik ahamiyatli emas, u qanday bo'lsada, yangi tarixning boshlanishi bo'ladi! 


Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi

Reyting: +13   

Fikrlar

+1   
16 okt 12:57:54
Уктам
Аҳолиси Самарқанд шаҳридан ҳам кам. Хитой ва Хиндистонда миллиардан кўп аҳоли бор, лекин жахон чемпионатига чиқа олмайди.
+1   
16 okt 12:50:16
Sardorbek..
Tulkin Alimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Ҳижолат бўладиган жойи йўқ, Роналдунинг ўзи ҳам, мухлислар ҳам ўрганиб кетишган ҳаваскорларга қарши ўйнайвериб.
Xa o'rganib kettik yaqinda Ispaniya va Germaniya kabi xavaskorlarga gollar urib trofey xam yutti lekin))
   
17 okt 19:29:27
تعمورخن ومار خجا
Bekzod foydalanuvchining fikriga javob berish
Бор нарсани кадрлорелик йок нарсаларни хайол килормасдан
Toʻgʻri
   
16 okt 20:08:25
Sardorbek..
Tulkin Alimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Термаси билан 200 та ўйинда майдонга тушиб, ҳеч бўлмаса шу ўртоқлик турнирини ютмасаям уятда)
Yevroniyam yutib qo'ygan joyiyam borda anaqisa)
   
16 okt 19:02:18
Tulkin Alimov
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Xa o'rganib kettik yaqinda Ispaniya va Germaniya kabi xavaskorlarga gollar urib trofey xam yutti lekin))
Термаси билан 200 та ўйинда майдонга тушиб, ҳеч бўлмаса шу ўртоқлик турнирини ютмасаям уятда)
   
16 okt 10:42:18
Bekzod
تعمورخن ومار خجا foydalanuvchining fikriga javob berish
Bunaqa J CH GA CHIQISH BARIBIR UNCHALIK TATIMAS EKAN 32 TALIK XAQIYQIY JAXON CHEMPIONATI EDI AFSUS OʻSHANGA XECH CHIQOLMADIK
Бор нарсани кадрлорелик йок нарсаларни хайол килормасдан
   
16 okt 06:48:55
Tulkin Alimov
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Qaytanga tushmasin deyman yo'qsa yana Ronaldu baloga qopketadi))
Ҳижолат бўладиган жойи йўқ, Роналдунинг ўзи ҳам, мухлислар ҳам ўрганиб кетишган ҳаваскорларга қарши ўйнайвериб.
   
15 okt 23:12:33
Sardorbek..
Tulkin Alimov foydalanuvchining fikriga javob berish
Шундай бўлса Португалияни гуруҳига тушсин дейсизда)
Qaytanga tushmasin deyman yo'qsa yana Ronaldu baloga qopketadi))
   
15 okt 22:17:09
Tulkin Alimov
Sardorbek.. foydalanuvchining fikriga javob berish
Kabo verdeda xavaskorlar o'ynamas ekanmi kim biladi))
Шундай бўлса Португалияни гуруҳига тушсин дейсизда)
   
15 okt 20:13:40
تعمورخن ومار خجا
Bunaqa J CH GA CHIQISH BARIBIR UNCHALIK TATIMAS EKAN 32 TALIK XAQIYQIY JAXON CHEMPIONATI EDI AFSUS OʻSHANGA XECH CHIQOLMADIK
   
15 okt 14:49:20
Sardorbek..
Kabo verdeda xavaskorlar o'ynamas ekanmi kim biladi))
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика