So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  1 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  16 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

Xose Mariya Mendez: “Futzal futbol uchun qabriston emas” Yangiliklar

Xose Mariya Mendez: “Futzal futbol uchun qabriston emas”

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasini ispaniyalik mutahassis Xose Mariya Mendez (Pulpis) boshqarib kelmoqda. CHempionatda yuzaga kelgan kichik tanaffusdan foydalanib Xose Mendezni ofisimizga taklif etdik.
- O'zbekiston futzal Associaciyasi bilan shartnoma imzolashingiz biroz cho'zildi. Buning sababi nima?
- Muzokaralarni cho'zilib ketishining sababi O'FA meni taklif qilgan vaqtda men Tailandning “CHonburi Bluveyv” jamoasida ishlardim va ular bilan tuzgan shartnomam yakuniga etishiga hali ikki yarim oy vaqt bor edi. SHartnomani buzib bu erga kela olmas edim.

- Lekin, “CHonburi Bluveyv” bilan shartnomangiz yakuniga etmagan edi-ku?

- “CHonburi Bluveyv”dan shartnomada ko'rsatilgan muddatgacha ishlamaganimning sababi klubda moliyaviy muammolar yuzaga keldi. SHuning uchun ham jamoadan ketishga majbur edim. U erdan ketganimdan so'ng menga Xitoy, Indoneziya, Eron, Ispaniyaning bir klubidan, shuningdek, Jahongir Usmonov (O'FA birinchi vice-prezidenti)dan taklif bor edi. Agar Tailandni tark etsam, albatta O'zbekistonda ishlashimni aytganman. Bevosita shartnoma tuzilishiga keladigan bo'lsak barcha bandlarni kelishib olishga bor yo'g'i 2 daqiqa vaqt ketgan xolos.

- O'FA bilan tuzgan shartnomangizda O'zbekiston terma jamoasini JCHga olib chiqish vazifasi bormi?
- SHartnomam keyingi yilning mart oyida nihoyasiga etadi. Agar terma jamoa JCHga yo'l olsa, u holda shartnoma yana bir yilga uzaytiriladi. Buning uchun alohida band bor. Barchamiz mundialga chiqishni istaymiz.



- O'zbekiston chempionati chorak final bellashuvlaridan kelib chiqib terma jamoaga yangi futzalchilarni chaqirishingiz mumkinmi?

- Menda terma jamoaga chaqiriladigan o'yinchilarning ro'yxati bor. Lekin, ular meni tizimimga tusha olishadimi yoki yo'q mana shuni aniqlab olishim zarur. Buning uchun esa may oyida yig'in tashkil etamiz, unda bir qator yangi o'yinchilar qatnashishadi. SHu bilan birga hozirgi tarkibdagi futzalchilar bilan ham ishlashda davom etamiz.

- O'zingiz o'yinchilik davringizda darvozabon bo'lgansiz. CHorak final o'yinlaridan kelib chiqib darvozabonlarning harakatlariga qanday baho berasiz?
- Deyarli barcha darvozabonlar o'zlarini yaxshi tomondan ko'rsatishdi. May oyidagi yig'inga 5-6 nafar darvozabon chaqiramiz va ular bilan terma jamoada shug'ullanamiz.
O'zbekistonda darvozabonlarning saviyasi oshibdi. Bu holatni yanada o'stirish uchun Ispaniyadan darvozabonlar bilan ishlovchi mutaxassis chaqirishni mo'ljallaganmiz. Rejamiz amalga oshsa, darvozabonlarimiz uchun juda katta plyus bo'ladi.

- O'zingizni murabbiylikka kirib kelishingiz qay tarzda kechgan?
- Darvozabonlik faoliyatimni erta tugatganman. O'yinchi sifatida kuchli emas edim, shuning uchun ham 22 yoshimdayoq faoliyatimni tugatib murabbiylikka o'tganman. O'shanda angladimki, futzal o'ynashdan ko'ra, murabbiylik qilish menga ko'proq mos tushadi va shunga layoqatim bor. O'z jamoamda o'ynab yurganimda kutilmaganda klub murabbiyi istefoga chiqdi. Menga ko'rsatmalar berish yoqqani uchun uning o'rniga meni taklif qilishdi. SHu tariqa murabbiylik faoliyatim boshlangan.

- Siz 2008 yili Tailand terma jamoasi bilan irga Jahon chempionatida qatnashgansiz. O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilariga JCH ruhiyatini singdira olasizmi? Futzalchilarimiz mundialga chiqa olsak, u erdagi bosimni ko'tara olishadimi?

- Hozir Jahon chempionati haqida gapirishimiz mumkin. Lekin, asosiy bosim bu – Osiyo chempionati. Osiyo chempionati Toshkentda bo'ladi. Buni ikkita tarafi bor, pozitiv va negativ. Pozitiv tarafi o'zimizda o'ynaymiz, muxlislar ham o'zimizniki. Negativ tomoni esa ruhiyat va kuchli bosim. Qita birinchiligidan o'ta olsak Jahon chempionatidan rohat olish uchun o'ynaymiz. Yutsak biz uchun bayram bo'ladi.

- “CHonburi Bluveyv”da ishlash jarayonida Osiyodagi terma jamoalarni kuzatib bordingizmi?

- Bugungi kunda Yaponiyaning tarkibi deyarli o'zgarmagan. 4-5 yildan buyon tarkibda o'zgarishlar kam bo'ldi. Eronda esa o'zgarishlar ko'p bo'ldi. Lekin, Eron va Yaponiya Osiyoda qolganlardan bir qadam oldinda. Tailand ham bizdan biroz oldinda. O'ylashimcha, JCHga mana shu 3 terma jamoa chiqadi. Qolgan o'rinlar uchun esa biz Avstraliya, Quvayt, Vetnam, Livan va Xitoy termalari bilan kurash olib boramiz. Bizni asosiy raqobatchilarimiz aynan shular bo'ladi.



- Osiyo futzaliga qay tarzda kirib kelgansiz?
- 2008 yil Ispaniya Oliy divizioni klubini boshqarib yurgan paytlarim Tailand terma jamoasi Ispaniyaga o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish uchun borgan. SHu vaqtda terma jamoaga yangi bosh murabbiy ham qidirishgan, u erdagilar meni tavsiya qilishgan. Tailand futzal associaciyasi raxbarlari menga taklif bilan chiqishgan. Termani qabul qildim va mundialga olib chiqdim. 2008 yildan buyon Osiyo qitasida ishlab kelmoqdaman.

- Siz ishlab kelayotgan davrlarda Osiyo futzali qay darajada o'sdi?

- Eron dunyoning eng kuchli to'rtta terma jamoasidan biri hisoblanadi. Yaponiya 10-12 likka kiradi. Umumiy olib qaraganda, Osiyoda futzal boshqa qitalarga qaraganda ancha tez o'sib bormoqda. Ko'plab mamlakatlarda professional liga tashkil etildi.

- O'zbekistonda faqatgina “Ardus”ning futzal maktabi bor. Bizda ko'pchilik avval katta futbol bilan shug'ullanadi. U erda tortib keta olmasa mini futbolga o'tib ketadi. Bu holat futzal rivojini sekinlashtirib yubormasmikin?

- Bu juda katta muammo. Futbolda omadi yurishmay futzalga o'tish bu futzal emas. Mini futbol umuman boshqa narsa.

Ispaniya, Braziliya, Argentinada bolalar 14-15 yoshgacha futzal bilan shug'ullanadi. O'smir yoshiga etgach har kim o'z yo'lini tanlaydi. Yani, kimdir futbolga o'tadi, kimdir mini futbolda qoladi. Bu erda esa unday emas. Futzal futbol uchun qabriston emas, u erda omadi chopmaganlar bu erga keladigan.

Ronaldino, Messi, Ronaldu, Inesta, Neymar – bular hammasi yoshlikda mini futbol o'ynashgan. SHuning uchun ham tez o'ylaydi, maydonda fikrlashi tez.

Mini futbol yosh o'yinchilar uchun tez o'ylashga, epchillikka va tez harakat qilishga juda yaxshi. Nafaqat yuqorida sanagan mamlakatlarda, balki Eronda ham yoshlar futzal bilan shug'ullanishadi. Tailandda 10, 12, 14, 15 yoshlilar o'rtasida chempionatlar o'tkaziladi. SHuning uchun ham futzal maktablari bor davlatlar bilan O'zbekistonni solishtirish qiyin.

- Bizdagi futzal jamoalariga o'z maktablarini ochishni majburiy qilib qo'yish bu masalani biroz engillashtiradimi?
- Menimcha, O'FA klublarni bunga majburlay olmaydi. Bu narsani har bir jamoaning o'zi istashi va bilishi kerak. CHunki, klublar yoshlarni futzal bilan shug'ullantirish qanchalik foydali ekanligini o'zlari bilishlari, buni o'rganib chiqishlari kerak. Bu ishni majburlab qilish hech qachon foyda bermaydi. O'zbekistonda bundanda yaxshiroq futbolchilar va futzalchilar etishib chiqishi uchun yoshlikdan futzal o'ynatish kerakligini bilishlari va shunga ishonishlari zarur.

Angliya, Germaniya mutaxassislari Ispaniya, Portugaliya, Braziliya o'yinchilari nima uchun texnik jihatdan kuchli ekanligini bilish uchun ushbu mamlakatlarga borishdi va shuni ko'rishdiki, yuqorida sanalagn davlatlarda o'yinchilar futzaldan chiqqan.



- O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilarida qaysi jihatni o'stirish lozim.
- Jismoniy holat, texnika, ruhiyat – bular hammasi taktikani ichida amalga oshiriladigan jihatlar. Taktika bo'lsa, yuqoridagilarni o'stirish mumkin. O'yinchilardagi asosiy muammo taktika.

- O'zbekistonga JOMA brendining kirib kelishi siz bilan bog'liq. Sizni JOMA bilan qanday aloqangiz bor?
- JOMA bilan hech qanday aloqam yo'q. SHunchaki, menga homiylik qiladi. Doimiy tarzda menga o'z mahsulotlarini berib borishadi.

O'zbekiston terma jamoasi bilan Ispaniyaga borganimizda O'FA va JOMA vakillarini uchrashtirib qo'ydim xolos. O'zaro muzokaralarda ham qatnashganim yo'q, qolganini o'zlari kelishib olishdi.

Ispaniyada sport brendlari yaxshi sportchi va murabbiylarga o'z mahsulotlarini berishi odatiy hol, bu reklama bilan ham bog'liq.

- O'zbekiston haqida nima deya olasiz? Taomlarimiz haqidachi?
- Men O'zbekistonga ikkinchi marta kelishim. SHuning uchun ham ko'p ajablanmadim. Sizlarni mehmondo'stligingizga qoyil qolganman, hamma joyda iliq kutib olishadi. Undan tashqari, oqibat bor. Masalan, Ispaniyada fitnesga borsangiz qancha muddat borishingizdan qati nazar hech kimni siz bilan ishi yo'q. O'zbekistonda esa fitnesga borganingizda hamma bilan salomlashib ko'rishib chiqasiz, xol-ahvol so'raysiz.

Taomlarga keladigan bo'lsak, osh hamda somsa juda ham yoqadi. Lekin, bazi taomlar bor menga kuchlilik qiladi va ularni istemol qila olmayman. Mevalardan esa qovun va tarvuz juda ham mazali. Dunyodagi eng shirin qovun va tarvuzlar aynan O'zbekiston etishtiriladi.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика