So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Xose-Luis Vilyanueva: Hech bo'lmasa bitta o'yin uchun ham O'zbekistonga qaytgim keladi Yangiliklar

Xose-Luis Vilyanueva: Hech bo'lmasa bitta o'yin uchun ham O'zbekistonga qaytgim keladi

2008-2009 yillarda “Bunyodkor” jamoasi safida to'p tepgan chililik hujumchi Xose-Luis Vilyanueva klub tarixida o'ziga xos iz qoldirgan.
U jamoaga juda tez moslashish bilan bir qatorda muhim gollarga mualliflik qilgan. Undan tashqari, Vilyanuevadagi golni his qilish qobiliyati va aniq poziciya tanlashi uning asosiy yutug'i edi.
Vilyanueva jamoani tark etganiga to'rt yil bo'lgan bo'lsa-da, “Bunyodkor” muxlislari hali ham chililik hujumchini yaxshi xotiralar bilan eslashadi. Xo'sh, hujumchi “Bunyodkor” haqida nimalarni eslab turadi? Xose bilan suhbatimiz aynan shu mavzuda boshlandi.

- “Bunyodkor” jamoasini eslab turasizmi?

- Albatta, “Bunyodkor” va O'zbekistonda ajoyib kunlarim o'tgan. Bu erdagi faoliyatim ham qoniqarli chiqqan.

- Jamoani tark etishingizga nima sabab bo'lgan?

- Men “Bunyodkor”ni tark etgan mavsumda klub eng yuqori cho'qqilarni zabt etishini ko'zlab, eng asosiy maqsad – jamoa Osiyo CHempionlar ligasi bosh sovrinini O'zbekistonga olib kelish edi. SHunga yarasha tarkibga eng kuchli mahalliy va xorijlik futbolchilarni jalb etish siyosati avjiga chiqqandi. Qisqasi asosiy tarkibga kirish uchun butun vujudim bilan mehnat qilib, raqobatni engib o'tishim lozim edi. O'ylashimcha, o'sha yili men yomon sport formasida emasdim. Lekin negadir Skolari mendan ko'ra yangi futbolchilarga ishonishni maqul topdi. O'shanda “Bunyodkor”dagilar muxlislar fikriga quloq solib, meni qo'yib yubormasliklari lozim edi, deb o'ylayman.

- SHunday bo'lsa-da, eng yorqin o'yinlaringiz aynan “Bunyodkor”dagi faoliyatingizga to'g'ri keldi. SHunday emasmi?

- Ha, “Bunyodkor”da juda yaxshi damlarni o'tkazdim. Maydonda ham, uning tashqarisida ham! O'shlashimcha, o'sha paytda “Bunyodkor”ning o'yinlaridan butun o'zbek xalqi zavq olgan. SHuningdek, CHilining “Universidad Katolika” hamda Argentinaning “Rasing” klublaridagi faoliyatim ham alohida ahamiyatga ega bo'lgan.

- Janubiy Amerika futbolini tashlab, Osiyoga yo'l olganingizdan so'ng hayotingizda nimalar o'zgardi. Nimalar topdingiz-u, nimalar yo'qotdingiz?

- Yo'qotganim shuki, CHili terma jamoasiga boshqa chaqirilmaganman. Lekin bunda aybni nimadan qidirishni ham bilmayman! Balki masofa juda uzoq bo'lgani bois bosh murabbiy meni kuzata olmagan bo'lishi ham mumkin. Topganlarimga kelsak, yangi hayot va do'stlar orttirdim. Tajribam oshdi. Mehmondo'st va xushmuomalali o'zbek xalqi bilan tanishdim.

- Hozir ham “Bunyodkor” jamoasi bilan qiziqib turasizmi?

- Vaqtim bo'lib, internetga kirganimda “Bunyodkor” veb-sahifasiga tashrif buyurib, yangiliklardan boxabar bo'lib turaman. SHuningdek, O'zbekistondagi boshqa tanishlarim bilan gaplashganimda ulardan yangi malumotlar va o'zgarishlar haqida surayman.

- O'zbekistonga yana qaytish istagingiz bormi?

- Ochig'ini aytsam, yurtingizga juda-juda qaytgim keladi: hech bo'lmasa bitta o'yinga bo'lsa ham! Yangi barpo etilgan “Bunyodkor” stadioni maydoniga tushib, bir bo'lim futbol o'ynasam ham o'zimni juda baxtiyor his qilardim. SHuningdek, o'zbekistonlik futbol muxlislari bilan suhbatlashgim keladi. Ular menga ruhiy dalda va ishonch bera olishgan va har doim meni qo'llab-quvvatlashgan.
O'zim bilan esdalik uchun “Bunyodkor” liboslarini olib kelganman. Bu formani qo'limga olganimda, to'rt yil oldingi faoliyatim yodimga tushadi.

- Siz “Bunyodkor”da juda yaxshi tezlik olib, ketma-ket gollar urgan edingiz. Ayniqsa, Eronning “Saypa” klubiga qarshi uchrashuvlarda raqib azolari Sizni to'xtata olisholmagan. Biroq, yarim finalda “Adelaida Yunayted” bilan bahslarda negadir o'ynagingiz kelmagan. Ko'pchilik bu holni hali ham tushunmaydi. Aslida nima sababdan avstraliyaliklarga qarshi o'zingizni ko'rsata olmagansiz?

- Bu noto'g'ri fikr! Ishoning, men har bir o'yinda bor kuchim bilan harakat qilganman. “Adelaida Yunayted” bilan bahslar arafasida jarohatlangan edim. SHunga qaramasdan maxsus ukol bilan o'ynashga uringanman. Afsuski, bu o'z tasirini ko'rsatib, raqibni o'z golarim bilan jazolay olmaganman.

- “Bunyodkor”ni tark etib, Xitoyning “Tyanczin Teda” klubiga yo'l oldingiz. Bu ikki klubni solishtirib bera olasizmi?

- “Bunyodkor”da o'ynagan kezlarimda klub Osiyoning grand jamoalaridan biri edi. Jamoaning maqsadi asosan xalqaro maydonga qaratilardi. SHuningdek, ichki chempionat doirasida ham ikki-uch raqib bilan juda-juda ehtirosli va shiddatkor o'yinlar bo'lardi. Aytmoqchimanki, shu o'yinlarda chempionlik masalalari hal etilardi. Xitoyda esa unday emas, har bir o'yinga oddiy qaraladi.

- “Bunyodkor”dagi do'stlaringizga aytadigan gaplaringiz bormi?

- Klub rahbariyatiga va xodimlariga alohida rahmat aytaman. CHunki men bilan bog'liq har qanday masalamda yordam qo'lini cho'zishgan va ko'p yaxshiliklar qilishgan. Jamoa muxlislariga ham sog'inchli salom deb qolaman.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика