So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Xose Luis Serra: "Barchada bo'lgani kabi bizda ham muammolar bor" Yangiliklar

Xose Luis Serra: "Barchada bo'lgani kabi bizda ham muammolar bor"

"Lokomotiv"ga qarshi o'yindan oldin "Al Ittihod" bosh murabbiyi Xose Luis Serra matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bu o'yin biz uchun juda ham muhim. SHu boisdan bunda biz yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

- "Al Ittihod" OCHLdagi 3 o'yinda 9 gol urib, 7 gol o'tkazib yubordi. Bu sermahsullik va bo'sh himoyaning sababi nimada?

- Avvalo bu bizning tizimimiz bilan bog'liq. Biz hujumkor jamoamiz va shu boisdan ko'plab gollar uramiz. Ammo hujumkor jamoa himoyada biroz bo'shliqlarga yo'l qo'yadi. Ertangi o'yinda ham biz hujumkorlikni namoyish etib, gollar kiritmoqchimiz. Ammo himoyada bo'shliqlarga yo'l qo'ymoqchi emasmiz.

- Jamoada yo'qotishlar bormi?

- Albatta, barcha jamoalarda bo'lgani kabi, bizda ham muammolar bor. Ammo biz ayni vaqtda qo'l ostimizda bo'lgan futbolchilarga ishonamiz va ular o'yinlarda qatnashishadi.

- Jamoa tarkibida legionerlar juda ko'p. Ammo OCHLga faqatgina 4 nafar xorijlikni ro'yxatdan o'tkazish mumkin. Bu jamoaning o'yiniga qanchalik tasir ko'rsatadi?

- Bizda 9 nafar legioner bor. Baribir biz milliy chempionatda ham ularning 4 nafaridan foydalanamiz. Umuman olganda gap sonda emas, kimlarni o'ynatishda. Biz shunga etibor beramiz.

- "Al Ittihod" o'z maydonidagi o'yinlarni muxlislarsiz o'tkazdi. Ertaga esa o'yinga "Lokomotiv" muxlislari tashrif buyuradi. Umuman olganda muxlislarsiz o'yin va muxlislar bilan o'yin qanday farq qiladi?

- Bizga bu tasir o'tkazmaydi. Ertaga biz safarda o'ynaymiz. Muxlislar esa "Lokomotiv"ga muxlislik qilishadi. SHu orqali safarda ham huddi uydagi kabi o'ynaymiz.

Xolid al-Samiri: - Ertaga ikki tomonni ham qiyin o'yin kutib turibdi. Ammo biz bu erga 3 ochko uchun kelganmiz. "Lokomotiv" - kuchli tarkibga ega bo'lgan kuchli jamoa. Ertangi o'yindan keyin ham biz turnir jadvalidagi o'rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz.

OCHLda muxlislarsiz o'ynagan bo'lsak-da, milliy chempionatda muxlislar bilan o'ynaymiz. Ertaga biz bu haqida o'ylamaymiz. Bizga faqatgina yaxshi natija kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика