So’nggi yangiliklar

00:54Агар "Реал" "Барселона"га мағлуб бўлса, кейинги баҳсда жамоани бошқа мураббий бошқаради  2 00:11Февзи Давлетов: "Ҳар икки жамоа ҳам ғалаба учун курашди"  1 23:53Чемпионшипнинг икки жамоаси муддатидан аввал АПЛ йўлланмасини қўлга киритди  3 23:32Сергей Лушан: "Бугунги ўйинда дуранг ҳам эҳтимол адолатдан бўлмасди"  5 23:23АПЛ. "Тоттенхэм" - "Ноттингем Форест" учрашуви учун асосий таркиблар эълон қилинди  0 22:47Эрон. Машарипов жамоаси ўз уйида очко йўқотди  2 22:00Суперлига. "Сурхон" фойдаланилмаган пенальти ва иккита гол ҳисобланмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди   85 20:15Ўзбекистон терма жамоаси Тошкентга етиб келди  10 19:56"Қўқон-1912" ивуарлик футболчи билан шартномани бекор қилди  3 19:40Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ БААга эртароқ йўл олади  18 19:20Тошкент халқаро аэропорти Ўзбекистон U-17 термасини кутиб олиш маросимига шай!  12 19:07Суперлига. "Сурхон" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  10 18:39"Реал" "Арсенал" футболчиси учун рекорд даражадаги таклиф тайёрламоқда  6 18:15Ўзбекистон Кубоги. 2-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 17:48Остон Ўрунов яна жароҳат олди  17

Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari jamoasida ishga kirishdi (XORVATIYA KUNDALIGI) Yangiliklar

Ivan Boshkovich "Bunyodkor" o'rinbosarlari jamoasida ishga kirishdi (XORVATIYA KUNDALIGI)

Xorvatiya yig'ini davom etadi.

Kecha tushga yaqin "Bunyodkor" o'rinbosarlariga bosh murabbiy etib tayinlangan Ivan Boshkovich etib keldi. Kayfiyati yaxshi, kelishi bilanoq futbolchilardan kechagi o'yin haqida so'radi. Kerakli tavsiyalarini berdi. Dastlab nazariy tushunchalar, kechki mashg'ulotlar esa uning boshchiligida o'tdi. U ilk kundanoq futbolchilarga tartib-intizomga amal qilishni, futbolka va logotip shanini o'ylashi kerakligini aytdi. Maydondagi mashg'ulotlarda pozicion va taktik ko'nikmalar ustida ishlandi. Quyida fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. 



Futbolchilar mashg'ulot o'tayotgan pallada  etiborimni tortgan jihati shu bo'ldiki, bu erda klublar biz o'rgangan FK emas NK, deb yuritiladi. Nima uchun?

Nima uchun "FK Polet" emas, "NK Polet". Futbol ingliz tilidan olingan, fut - oyoq, bol - to'p. Yani to'pga oyoqni tegish orqali o'ynaydigan sport turi. Futbol hamma davlatda turlicha nomlanadi. Xuddi shu kabi Xorvatiyada futbol "nogomet" nomi bilan yuritiladi. Yani nogomet klub "Polet".



"Medimure" bilan uchrashuvdan oldin chigalyozdi mashg'ulotlarda jarohat olgan darvozabon Jasur Umrzoqov ayni paytda o'zin yaxshi his qilmoqda. Jamoa shifokori Ikrom Toirov uni doimi ravishda kuzatib bormoqda. Kechagi kungi mashg'ulotlardan so'ng kiper o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

— Xorvatiyadagi yig'inimiz yaxshi kayfiyatda o'tmoqda. Yigitlarning kayfiyati alo darajada. Yanada yaxshi bo'lishga harakat qilyapmiz. Jarohat olishda ayb o'zimda bo'ldi. SHifokorlar ko'rigidan yaxshi o'tdim. Umid qilamanki, tez orada maydonga qaytaman. "Medimure" bilan o'yinga kelsak, jamoadoshlarim yomon o'yin ko'rsatmadi. Tarkibimizda yoshlar ko'p. Yangidan shakllanmoqda. Ushbu yig'inlarda xatolar ustida ishlayapmiz. Raqibga kelsak, o'zimizga o'xshab pas o'ynashmoqda. Aytarli ko'zga tashlanadigan joyi yo'q. Jamoa nomidan klubimiz rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman.

Kechki tushlikdan so'ng sayrga chiqqan yosh "qaldirg'ochlar" bilan qo'lida to'p ushlagan xorvatiyalik 13 yoshli bola rasmga tushishni iltimos qildi. Ular ajoyib hissiyotlar ostida suratga tushishdi. Bu qaysidir manoda yoqimli holatdir. 


Kechki sayr bahonasida golfda omadimni sinab ko'rdim. Biz istiqomat qilayotgan mehmonxona atrofi golf sport turiga ixtisoslashgan. Mahalliy aholi uchun oddiy mashg'ulot.  Ertaga "qaldirg'ochlar" Zagrebning "Dinamo" klubi o'rinbosarlariga qarshi maydonga chiqadi. Bu raqib haqida keyingi kundaliklarimda to'xtalaman.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика