So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Ilyos Zeytullaev: "Barcha futbolchilarimiz safga qaytsa, o'z so'zimizni aytamiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Barcha futbolchilarimiz safga qaytsa, o'z so'zimizni aytamiz"

Superliganing 6-turi doirasida "Xorazm"ga qarshi o'yindan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Yigitlarda o'tgan o'yindagi hissiyotlar qolib ketgandek. Futbolchilarim bugun ham g'alaba qozonish uchun maydonga tushishdi. Bugungi uchrashuv "Qizilqum"ga qarshi o'yindagidek o'tmadi. Ochiqroq o'yin bo'ldi, vaziyatlarni ko'proq yaratdik. Biroq ulardan foydalana olmadik. Yakunda bu o'yinda mag'lub bo'lishimiz mumkin edi. Ikki marta ustun va to'sin bizni qutqarib qoldi shekilli. Ruhiyatni tushirishimiz kerak emas, bir ochko bo'lsa ham qo'lga kiritdik. Yigitlar katta mehnat qilishmoqda. Jamoa sifatida o'sishimiz kerak. Bu borada hulosalar chiqaramiz. Hozirgi holatimizdan mamnunman. Biz yig'inlar boshlangandan beri mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibmiz. Shu yo'lda davom etishimiz kerak. Futbolchilarimga qilayotgan mehnati uchun rahmat aytaman.

- Bugun "Qizilqum"ga qarshi bahsga qaraganda ochiqroq o'yin kuzatildi. Vaziyatlarni yakunlashda jamoaga nimadir etishmayotgandek. Balki bu ruhiy holat bilan bog'liqdir.

- Yo'q. Biz shunchaki vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Mavsum boshidagi o'yinlarda vaziyatlardan gollar urayotgandik. Bugun esa xavfli vaziyatlarimiz ko'p bo'ldi. Adashmasam 3 marta darvoza to'sinini poyladik. Shuningdek, o'yin asosan raqib yarim maydonida o'tdi. Yopilib olib, tezkor hujumlarga tayanadigan jamoalarga qarshi o'ynash qiyin. Chunki ular doimo ritmni o'ldirishga harakat qilishadi. Hakamlar qo'shimcha daqiqalarni hisobga olib turishadi. Biroq gap qo'shilayotgan vaqtda emas, o'ldirilayotgan ritmda. Yigitlar oldinga harakatlanib, hujumlar uyushtirayotgan, muxlislar futbolchilarni oldinga boshlayotgan paytda raqib shunchaki 3-4 daqiqani yo'qotadi. Bazida bu holat meni o'yga soladi. Biroq bularning barchasi futbol.

- Zaxiradan tushayotgan futbolchilar Luis Kachorrining o'rnini bosa olmayapti. Hujumdagi raqobatni oshirish uchun yozda futbolchilarni tarkibga qo'shib olish niyat bormi?

- Zaxiradan tushgan Ollobergan Karimov golga juda yaqin keldi. Sardor Abdunabiev ham o'yinga yomon qo'shilmadi. 5 daqiqa vaqt ichida xavfli o'yin ko'rsatdi, darvoza to'sinini nishonga oldi. Zaxiradan maydonga tushganidan keyin o'yinga qo'shilib ketish juda qiyin. Zaxiradan o'yinga tushayotgan futbolchilar qattiq harakat qilishmoqda. Bu yaxshi belgi. Bazi futbolchilar bor, zaxirada qoldirilsa, o'ynagisi kelmaydi, borini bermaydi. Biroq bizning futbolchilarda bunday holat yo'q. Bugun shunchaki omad kelmadi. Biz jarohati bor Bobur YO'ldoshev, Itsuki Urata kabi futbolchilarni tezroq safga qaytarishimiz kerak. Agarda barcha futbolchilar safda bo'lsa, o'z so'zimizni ayta olamiz.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика