So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  155 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

"Xorazm"ni qachon Superligada ko'ramiz? Jamoaga kim yordam bermayapti? Aleksandr Ejov matbuot anjumanida barchasini aytdi Yangiliklar

"Xorazm"ni qachon Superligada ko'ramiz? Jamoaga kim yordam bermayapti? Aleksandr Ejov matbuot anjumanida barchasini aytdi

Teglar :  Aleksandr Ejov
Pro liganing 17-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Avvalo o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Umuman olganda bahs qiziqarli o'tdi. "Olimpik" kuchli va tezkor jamoa hisoblanadi. Ular tez va quvnoq o'yin ko'rsatadi. Ishlashda davom etamiz",- deydi Aleksandr Ejov. 

- Jamoa nima sabab g'alaba uchun o'ynamadi?

- Bu nima deganingiz? Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Keling raqibdan kelib chiqib gapiraylik. 

- "Olimpik" yosh futbolchilardan iborat jamoa. "Xorazm"da esa tajribali ijrochilar ko'p...

- Nima biz shunchaki o'ynadikmi? "Olimpik" kuchli jamoa. Ular bizga bosh og'riq bo'la olishdi. 

- Bu klubning tashkil topganiga hali bir yil ham bo'lgani yo'q. Jamoangizda Superligada to'p tepgan futbolchilar bor. Agarda hamma murabbiylar "Olimpik" bilan durang g'alabaga teng, degan fikrni bildiraversa futbolimiz hech qachon rivojlanmaydi. Siz natijadan qoniqyapsiz. Darvozabon to'pni egallab olganida "Olimpik" posboni maydon o'rtasida edi. To'pni o'yinga kiritib tezkor hujum boshlashi va vaziyat 90 foiz gol bilan tugashi mumkin edi. U o'yinni cho'zishga harakat qildi...

- Men murabbiy sifatida maydon chetida o'yinni cho'zinglar, to'pni ushlanglar degan ko'rsatmani bermadim. 

- "Xorazm" "Olimpik"ni bemalol yutib ketishga kuchi etardi...

- Jamoa raqib imkoniyatidan kelib chiqib o'ynaydi. "Olimpik" juda kuchli jamoa. Murabbiylar, tarkibidagi futbolchilar sifatli. Yutqazishimiz ham mumkin edi. Birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olganimiz yo'q. To'g'ri ochko yo'qotdik. 

- Qachon boshqa jamoalar ham "Xorazm" bilan durangni g'alabaga qiyoslaydi, kuchli klub sifatida tan oladi? 

- Yaxshi savol. Biz ham istaymiz. Lekin ko'p narsa moliyaviy holatga bog'liq. Bizda Pro ligadagi ko'p jamoalar singari moliyaviy imkoniyatimz yuqori emas. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qilyapmiz. 

- Jamoaga kim yordam bermayapti?

- Qo'ldan kelgancha yordam berishyapti. Biz istagan o'yinchini olib kelsak katta pul talab qiladi. Imkoniyatimiz kamlik qiladi. 

- Xorazmlik muxlislar jamoani Superligada ko'rishni istashadi. Lekin shu tempda ketadigan bo'lsa, yaqin 10 yilda ham bunga erishish qiyin bo'lishi mumkin. Nima etishmayapti yoki nima to'sqinlik qilmoqda? "Xorazm" viloyatning bosh jamoasi hisoblanadi...

- Bu savolga oldin bir necha marotaba javob berganman. Meni boshqa insonlar noto'g'ri tushunishdi. Biz birinchi galda infratuzilmani yaxshilashimiz kerak. O'zimizning maydonimizga ega bo'lishimiz darkor. Lekin bizda bu narsalar yo'q. Ovqatlansh taminoti, klub bazasi, safarlar, rejalashtirilgan yig'inlar hammasi joyida va o'z vaqtida tashkil qilinishi lozim. 



- Demak joriy mavsumda jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilmagan...

- Imkoniyatimizdan, jamg'argan ochkolarimizdan kelib chiqib qaysi o'rinni egallashimiz aniq bo'ladi. Agar bizda ham "Olimpik"dagi kabi yoshlar bo'lganida...

Etibor bering yosh bo'lishiga qaramasdan terma jamoa o'zagini tashkil qilishmoqda. Barchalari nomzod futbolchilar. 

- Savolim Ro'zimboy Ahmedov haqida. U Pro ligada jamoaning to'purari bo'lib turgandi. Hujumchi xorazmlik ekanligi malum. Uni "Dinamo"ga o'tishi qanday bo'ldi? 

- "Dinamo" hujumchiga taklif bilan chiqdi. Uning o'zi qolaversa biz ham ketishini istamagandik. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика