So’nggi yangiliklar

17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  9 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1

Xorazmlik futbolchilar yosh “charm to'p” ustalari huzurida Yangiliklar

Xorazmlik futbolchilar yosh “charm to'p” ustalari huzurida

Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi 5-son futbol bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati vohada muhim o'rin tutadi.
Aytish joizki, SHerzod Ibodullaev rahbarlik qilayotgan ushbu dargohdan iqtidorli futbolchilar etishib chiqmoqda. Bugungi kunda mazkur maktab-internatning sobiq tarbiyalanuvchilaridan  ko'pchiligi  mamlakatimizning nomdor futbol jamoalari safida to'p surishayotir.
  


CHorshanba kuni mahorat maskanida o'ziga xos tadbir uyushtirildi. Bir paytlar ushbu dargohda tahsil olgan, ayni damda o'zbek futboli rivojiga munosib ulush qo'shayotgan sobiq tarbiyalanuvchilardan bir guruhi - “Nasaf” jamoasi himoyachisi Maqsud Karimov, “Neftchi” jamoasi hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov, “Dinamo” jamoasi yarim himoyachisi Sanat SHixov, joriy yildan “Mashal-2”ga taklif qilingan yarim himoyachi Temur Masharipov, “Xorazm”lik darvozabon G'ayrat O'daev, yarim himoyachi Ilyos Xayrovlar jonajon maktab-internatiga tashrif buyurishdi. Fursatdan foydalanib, ular va yosh tarbiyalanuvchilar ishtirokida davra suhbati va futbol bo'yicha “master klass” soati tashkil etildi. Etiborlisi, suhbat chog'ida ushbu futbolchilarga berilgan eng yaxshi savol egalari bo'lgan yoshlar ularning dastxatlari tushirilgan koptoklar sohibiga aylanishdi.
  


Tadbirda Xorazm viloyati futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Otajonov va “Xorazm” jamoasi bosh murabbiyi Vali Sultonovlar ham  qatnashib, “avlodlar uchrashuvi”ga yuksak baho berishdi.
  


- Bugungi tadbirimiz kutilganidan ham ziyoda o'tdi, -  deydi maktab-internat direktori vazifasini bajaruvchisi SHerzod Ibodullaev. – Davra suhbati davomida tarbiyalanuvchilarimiz o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. “Master klass”  mashg'uloti mobaynida ham yoshlarimiz ko'p narsani o'rganishdi. Bular tadbirimizni yanada fayzli va qiziqarli o'tishini  taminladi.  Kelgusida bunday uchrashuvlarni tez-tez  o'tkazishni maqsad qilib qo'ydik.
        

Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика