So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  0 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Xorazm viloyati. “FMI-1” jamoasi bolalar ligasi g'olibi Yangiliklar

Xorazm viloyati. “FMI-1” jamoasi bolalar ligasi g'olibi

Teglar :  Xorazm
Joriy yilning may oyida boshlangan Xorazm viloyatining bolalar ligasi poyoniga etdi.

Deyarli etti oy davom etgan musobaqada vohaning  2001-2002  yillarda tug'ilgan yosh “charm to'p” ustalaridan iborat bo'lgan o'n olti jamoa qatnashdi.

O'yinlar avvaliga ikki guruhda olib borildi. O'z navbatida guruhlarda yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan to'rttadan, jami sakkizta jamoa chorak  final juftligini hosil qildi. Ushbu juftlik g'oliblari yarim finalda o'zaro bahs yuritdi. Jumladan, “FMI-2” va  “2-son BO'SM” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqtida durang natija qayd qilindi, 1:1. Penaltidan to'p tepish borasida omad “FMI-2”  vakillariga kulib boqdi, 4:3. Ikkinchi yarim finalda “FMI-1” jamoasi “Urganch OZK” ustidan 4:3 hisobida zafar quchdi.

SHunday qilib, finalda Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internati(direktori SHerzod Ibodullaev)ning ikkita jamoasi -“FMI-1” va jamoalari o'zaro ro'para kelishdi. Bellashuvning birinchi qismida hisob ochilmadi. Biroq, ikkinchi bo'limda Abror Qilichev ustozlik qilayotgan “FMI-1” jamoasi raqiblari darvozasiga javobsiz to'rtta to'p yo'llab, 2015 yilgi Xorazm viloyati bolalar ligasi chempionligini qo'lga kiritdi. “FMI-2” ikkinchi, “Urganch OZK” va “2-son BO'SM” jamoalari uchinchi o'ringa loyiq ko'rildi.

- Joriy yil maktab-internatimiz tarbiyalanuvchilari uchun omadli keldi, - deydi 5-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internati direktorining sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Azamat Jabborov. – Binobarin, jamoalarimiz nafaqat viloyatda, umuman, respublika miqyosida o'tkazilgan ko'plab birinchiliklarda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu galgisi, yangi yil bayrami arafasida yosh futbolchilarimiz uchun o'ziga xos sovg'a bo'ldi. Bundan juda xursandmiz.

Ikrom XUDOYBERGANOV

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика