So’nggi yangiliklar

12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  0 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  40 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7

“Xorazm” – “Orol” uchrashuvi maydondagi darvozalar tufayli 1,5 soat kech boshlandi Yangiliklar

“Xorazm” – “Orol” uchrashuvi maydondagi darvozalar tufayli 1,5 soat kech boshlandi

Teglar :  XorazmOrol
Xabaringiz bor, kecha PRO-Liganing 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Urganchda mahalliy “Xorazm” jamoasi Nukusning “Orol” klubini qabul qildi. Unda maydon egalari 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur o'yinning boshlanish vaqti aslida soat 17:00ga belgilangan edi. Ammo bahs soat 18:00da boshlandi. Xo'sh, bunga nima sabab bo'ldi? Uchrashuvdan so'ng “Xorazm” ustozi Aleksandr Ejov bilan suhbatlashganimizda, shu haqda ham so'radik.

-  Avvalo chempionatning o'z maydonimizdagi ilk uchrashuvini g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandman va bu bilan jamoamiz ishqibozlarini tabriklayman. Albatta, har bir jamoa uchrashuvdan oldin maydonga faqat g'alaba qozonish maqsadida chiqadi. “Orol”ga qarshi o'tgan o'yinimizda ham shogirdlarim o'z muxlislarimiz qarshisida o'ynayotganimizni xis etib, uch ochko jamg'arish ilinjida xarakat qildi. Yakunda o'z niyatimizga etdik. O'yindan ko'nglim to'ldi.

-  Garchi yirik hisobda g'alaba qozongan bo'lsakda, uchrashuv jamoamiz uchun oson o'tmadi. Qiziqarli va jangavor tarzda o'tgan bellashuvda omad bizga kulib boqdi. Albatta, kamchiliklar ham yo'q emas. Ayrim sabablarga ko'ra, qishki yig'inlarni yuqori saviyada o'tkaza olmaganimiz rasmiy o'yinlar chog'ida o'z so'zini aytmoqda. Yani yigitlarning jismoniy xolati ko'ngildagidek emas. Endilikda imkon qadar bu kabi kamchiliklar ustida ishlab, ularni bartaraf etishga urinamiz.

-  “Orol”ga qarshi o'yinimiz deyarli 1,5 soatdan keyin boshlandi. Bunga sabab esa maydondagi darvozalarning standart xolatda emasligidir. Qisqa fursat ichida muammo bartaraf etilib, biroz kechikib bo'lsa ham o'yinni o'tkazib oldik. Meni xursand qilgan jihati, o'yinning kech boshlangani huddi Evropa maydonlaridagi o'yinlarga o'xshashib ketdi. Stadion yoritgichlari talab darajasida va bu tomondan hech qanday muammo bo'lmaganini aytib o'tishim kerak.


Islombek Rustambekov yozib oldi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика