“Xorazm” - “Neftchi” uchrashuvi test imtihonlari sabab 29 avgust kuniga ko'chirildi
28 iyu 2021 13:40
Yangiliklar
“Xorazm” - “Neftchi” uchrashuvi test imtihonlari sabab 29 avgust kuniga ko'chirildi
Reja bo'yicha mazkur bellashuv 5 avgustda o'tishi kerak edi. Biroq davlat test imtihonlari “Xorazm” klubining uy arenasida ham o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHundan kelib chiqib, mezbonlar uchrashuvni 2 avgustga ko'chirish taklifi bilan chiqdi. Biroq bu tanaffusdan keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rayotgan “Neftchi” klubi rejalariga o'zgartirish kiritishni taqazo etadi. SHundan kelib chiqib, Farg'ona tomoni uchrashuvni 5 avgust kuni “Istiqlol” stadionida o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
O'zPFL har ikki tomon taklifini o'rganib chiqib, uchrashuvni 29 avgust sanasiga tayin qildi. SHu tariqa Pro liganing tanaffusdan keyingi 14-turida 2 ta uchrashuv bo'lib o'tadi. 4 avgust kuni “Yangier” o'z maydonida “Olimpik”ni qabul qiladi. 5 avgust sanasida esa “Dinamo” klubi G'uzorda “SHo'rtan” mehmoni bo'ladi.
Fikrlar