So’nggi yangiliklar

01:41Бундеслига. Кейннинг голи "Бавария"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  1 01:37Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, "Ал Иттиҳод" эса Шукуров жамоасини енга олмади  1 00:42Англия кубоги. "Манчестер Сити" тўртинчи лига жамоасига жавобсиз 8та гол урди!  41 23:40АПЛ клуби Асенсиога қизиқмоқда  6 23:00"Манчестер Юнайтед" Араухо учун даъвогарлик қилмоқда  6 22:32Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда ғалаба қозонди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 22:21Англия кубоги. "Ливерпуль" 4та, "Челси" эса 5та, "Лестер" эса 6та гол урди ва бошқа натижалар  3 21:13"Торино" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:52Назорат учрашуви. "Нефтчи" Руминия жамоаси билан дуранг ўйнади  14 20:31Рэшфорд Францияга йўл оладими?  1 20:00Абдуқодир Ҳусановга "Манчестер Сити" мухлисидан мактуб  32 19:54Хвича ПСЖда ҳозиргидан 4-5 баравар кўп маош олади  4 19:41Конте: "Хвиче "Наполи"дан уни сотишларини сўради. Мен хафаман"  3 19:26Беллингем Винисиуснинг тегинишидан сўнг йиқилган Маффео сўзлари ҳақида: "10 сония бокс, шундайми? Нозик аҳмоқ"   5 18:28"Севилья" президенти: "Барселона" ва "Реал"га бошқа қоида, қолганларга бошқа қоида. Уят"  11

“Xorazm” bitta o'yinni 3ta darvozabon bilan o'tkazdi yoxud Qo'qonga mehmonlar bitta posbon bilan kelishmoqda Yangiliklar

“Xorazm” bitta o'yinni 3ta darvozabon bilan o'tkazdi yoxud Qo'qonga mehmonlar bitta posbon bilan kelishmoqda

Birinchi ligadagi hangoma davom etadi. Kecha bo'lib o'tgan 2-tur bahslari muxlislarni zeriktirib qo'ymadi deb o'ylaymiz.
Zukko o'quvchilarimiz yaxshi bilishsa kerak, “Xorazm” mavsum boshida o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygandi. Klub vice-prezidenti Sultonboy Nurmetov bilan suhbatlashganimizda joriy mavsumdagi byudjet 3 milliard so'm ekanligini takidlab o'tgandi. Birinchi liga uchun bunday katta summaga ega bo'lgan har qanday jamoani oliy ligaga olib chiqsa bo'ladi. Lekin “Xorazm”ning bugungi xolatini maqtab bo'lmaydi. SHu bois bizningcha 3 milliard so'm byudjet amalda emasligini tushunib etmoqdamiz.

Xullas gapning indallosi, kecha “Xorazm” safarda “Qo'qon-1912” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli va shiddatla kechishi kutilgan o'yinda maydon egalari yirik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi qulminacion va shu bilan birga achinarli xolat 58-daqiqada yuz berdi. Yani urganchliklar posboni G'ayrat O'daev shu kuni jamoasini qiyin ahvolga solib qo'ydi. Gap shundaki 28 yoshli darvozabon muxlislar bilan o'tgan o'zaro og'zaki “jang”da mag'lub bo'ldi. Guruch kurmaksiz bo'lmagani kabi, ishqibozlarning orasida ham asabga tegadigan va turli xil haqoratli so'zlarni ishlatadiganlar topiladi. O'daev shu kuni bunday gap so'zlarga chidab tura olmadi va bunga javoban tomoshabinlar o'tir sektor tomonlar professional futbolchiga yarashamaydigan qiliqlar ko'rsatdi. Yon chiziq hakami Anvar Marajabov esa “Xorazm” darvozabonining ushbu nomaqbul harakatini bosh hakam aytgach, SHerzod Qosimov urganchliklar posboniga qizil kartochka ko'rsatgan xolda, maydondan chetlatdi.

Achinarlisi Qo'qonga bitta darvozabon bilan kelgan “Xorazm” uchun bu qimmatga tushdi. Surishtiruvlarimizga ko'ra, “Xorazm”ning ikkinchi posboni Ravshan Jumaniyozovning jarohati sabab urganchliklar safarga aynan bitta darvozabon bilan kelishga majbur bo'lgan. G'ayrat O'daev chetlatilgach undan libosini qabul qilib olgan Abror Xusimov qo'lqoplarni kiyib darvozga turishni boshladi. Garchi Xusimov aslida himoyachi bo'lsada, shu kuni darvozabon sifatida ham iliq taassurot qoldirdi. Bir necha vaziyatlarda Abror “Xorazm”ni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Biroq u 73-daqiqada Otabek Haydarovning aniq zarbasidan so'ng o'z darvozasidan gol o'tkazib yubordi. Qizig'i, ushbu goldan keyin mehmonlarning posboni yana o'zgardi. Oliy ligada “Buxoro” va “Guliston”  jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Ilyos Xayrov o'yinning qolgan daqiqalarida darvozani qo'riqlay boshlagan.

SHu tariqa “Xorazm” bitta o'yinni uchta posbon bilan o'tkazdi. Bunaqasi kamdan-kam xollarda uchraydi. Bunday jamoani oliy ligaga chiqishiga ishonasizmi? Xulosa o'zingizdan.

Olgan malumotlarimizga ko'ra, G'ayrat O'daevga endi tartib intizom qo'mitasi keskin choralar ko'radi va futbolchiga katta extimol bilan jarima solinadi. Bu borada PFLning rasmiy xabarini kutib qolamiz.

Endi Mansur Davletov boshqaruvidagi “Xorazm” keyingi turda “Oq-tepa”ni qabul qiladi. Davralar oralig'ida tarkibga qo'shib olingan 1997 yilda tavallud topgan yosh posbon shu kuni darvozani qo'riqlashi kutilmoqda. CHunki O'daev diskvalifikaciya, Jumaniyozov esa jarohat tufayli shu kuni maydonga tusha olmaydi.

Darvoqe, yana bir fakt: Qo'qonga mehmon jamoalar oxirgi ikki turki bitta darvozabon bilan tashrif buyurgan. Qo'qonliklarning oldingi turdagi raqibi “Orol” ham birgina posbon Ulug'bek Yangiboevni olib kelgandi.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика