So’nggi yangiliklar

09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  2 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  6 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  3 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  21 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  78 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4

Xolandning goli - Kroyffning nusxasi! Yoxan o'sha kuni doimiy "uchar golland"ga aylangandi Yangiliklar

Xolandning goli - Kroyffning nusxasi! Yoxan o'sha kuni doimiy "uchar golland"ga aylangandi

Pep birdan afsonaviy lahzani esladi.

Erling Xolandning "Dortmund" darvozasiga sakrab urgan mo'jizaviy golidan hamma hayratdi.



Pep Gvardiola tabiiy ravishda birinchi o'rinlarda — u ajoyib taqqoslashni keltirdi.


"Meni bilgan insonlar ehtimol Yoxan Kroyffning hayotimdagi ahamiyatini ham bilishadi — inson, ustozi va menejer sifatida.


U ko'p yillar oldin "Kamp Nou"da "Atletiko" darvozabosiga gol urgandi va bu Xolandning goliga juda o'xshash edi. Erling gol urganda men "O, Yoxan Kroyff" deb o'yladim".


Pep buyuk gollandning qaysi goli haqida gapirmoqda. Mana u:




Haqiqatdan ham juda o'xshash:



Gvardiola buyuk gollandning faoliyatidagi eng muhim o'yinlardan birini esladi: Madridning "Atletiko" jamoasi darvozasiga "Fantomcha gol". Bu deyarli 50 yil oldin sodir bo'lgan edi — 1973 yilning 22 dekabrida.


SHerigining noqulay pasidan so'ng Kroyff chimdan yuqoriga sakradi, ishonib bo'lmas darajada to'pga etib bordi va oyog'ining orqa qismi bilan to'pni darvozaga yo'naltirdi. Darvozabon qo'llarini silkitdi va hech narsa qila olmadi. O'shandan so'ng Yoxan to'liq o'ziga "uchar golland" laqabini oldi.


"Barsa" ham golni eslaydi. Klub 2022 yilning iyulida golni NFT ko'rinishida 693 ming dollarga sotdi.


Bu afsonaning golini aks ettiruvchi animaciya. Nom ham jarangdor — In a Way Immortal, yani "Qaysidir manoda o'lmas".




Token Barselona texnologiya kompaniyasi BCN Visuals bilan hamkorlikda hamda Yoxan Kroyffning hayoti va merosi haqidagi malumotlarni saqlaydigan The World of Johan Cruyff veb-sayti yordamida ishlab chiqilgan. 40 soniyalik videoda gollivudning 40 nafar eng yaxshi kompyuter grafiklari va maxsus effektchilari ishtirok etishdi. Umumiy olganda, barchasiga o'ng ming soatdan ko'proq vaqt ketdi.


Gol bunga arziydi. Balki, Xolandning golini ham shunday qilishar?


"Manchester Siti" (Angliya) – "Borussiya", Dortmund (Germaniya) 2:1

Gollar: 0:1 – 56 Bellingem, 1:1 – 80 Stounz, 2:1 – 84 Xoland.

"Manchester Siti": Ederson, Stounz, Ake, Akanji, Joau Kanselu, Gyundogan (Bernardu Silva, 58), de Bryuyne, Rodri, Grilish (Foden, 58), Marez (Alvares, 58), Xoland (Fillips, 90).

"Borussiya": Mayer, Mene, Xummels, Zyule, Gerreyru, Jan, Ozjan (Adeyemi, 88), Bellingem, Roys (Mukoko, 88), Reyna (Malen, 62), Modest (SHlotterbek, 78).

Ogohlantirishlar: Rodri (53), Malen (79), Ozdjan (88), Foden (90), Mene (90), Gvardiola (90).


Norvegiyalikning "Manchester Siti"dagi starti shunchaki "dahshat": u 9ta o'yinda 13ta gol va 1ta assist qayd etdi.


VIDEO  ECHL. "Manchester Siti" - "Borussiya D" 2:1


Manchester City

John Stones - 80', Erling Haaland - 84'

Champions League Grp. G . 2-tur

15/09/2022, 01:00

1
:
2
Tugadi

Borussia Dortmund

Jude Bellingham - 56'

Stadion: Etihad Stadium, 50441 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Orsato

45'
90'
53'  Rodri
58'  Riyad Mahrez (Julian Alvarez)
58'  Ilkay Gundogan (Bernardo Silva)
58'  Jack Grealish (Phil Foden)
80'  John Stones
80'  Kevin De Bruyne
84'  Erling Haaland
84'  Joao Cancelo
90'  Erling Haaland (Kalvin Phillips)
90'  Phil Foden
56'  Jude Bellingham
56'  Marco Reus
62'  Giovanni Reyna (Donyell Malen)
78'  Anthony Modeste (Nico Schlotterbeck)
79'  Donyell Malen
88'  Salih Oezcan
88'  Marco Reus (Karim Adeyemi)
88'  Salih Oezcan (Youssoufa Moukoko)
90'  Thomas Meunier



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика