Xoland zaxiradan tushib gol urish borasida rekord o'rnatishi mumkin
14 iyu 2020 10:58
Yangiliklar


Xoland zaxiradan tushib gol urish borasida rekord o'rnatishi mumkin
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Erling Xoland jamoasiga "Fortuna" ustidan g'alaba keltirdi.
19 yoshli norvegiyalik futbolchi 61-daqiqada maydonga tushdi va qo'shib berilgan 5-daqiqada gol urdi.
"Opta" xabariga ko'ra, u 2-bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shilib, oltinchi marta raqiblari postiga yo'l topdi. SHu orqali u 2014/15 yili Nils Petersen tomonidan qayd etilgan rekordni takrorladi. Navbatdagi gol esa uni rekordchiga aylantiradi.
Eslatib o'tamiz, Xoland qishda dortmundliklar tarkibiga qo'shilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar