

21 yoshli norvegiyalik hujumchi yangi klubida yiliga kamida 30 million funt olmoqchi. Futbolchining vakillari Xoland haftasiga 500 ming funtdan ko'proq daromad olmoqchi ekanligini manfaatdor tomonlarga ma'lum qilgan.
Hujumchiga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Chelsi", "Real", "Bavariya" va PSJ da'vogarlik qilmoqda.
Joriy mavsum oxirida Xolandning shartnomasiga 75 million evrolik tovon puli kiritiladi. Qayd etilishicha, transferning umumiy summasi bitimdagi vositachilik xarajatlari hisobiga ancha yuqori bo'ladi.
Xoland joriy mavsum Bundesliganing 6 ta o'yinida 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



