Xoland Sulsherdan qanday tabrik olganini malum qildi
15 iyu 2022 17:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/708654_original.jpg)
![](/upload/storage/708654_220.jpg)
Xoland Sulsherdan qanday tabrik olganini malum qildi
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland "Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherdan tabriklar qabul qilib olganligini aytib o'tdi.
"Siti" bilan shartnoma qilganimdan keyin u meni tabrikladi: "Manchesterning yomon tomonidagi faoliyatingga omad!". U bilan ko'p gaplashib turaman. Bilasiz, Sulsher "Molde"da o'ynayotganimda faoliyatimga juda katta tasir o'tkazgan. U juda yaxshi inson", - dedi Xoland.
Eslatib o'tamiz, Sulsher vatandoshini "Yunayted"ga olib kelishga harakat qilgan, ammo bu amalga oshmagandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar