Xoland kechagi bahsning eng yomon futbolchisi bo'ldi
31 iyu 2022 12:12
Yangiliklar
Xoland kechagi bahsning eng yomon futbolchisi bo'ldi
Kecha Angliya Superkubogi doirasida "Manchester Siti" hamda "Liverpul" jamoalari bahs olib bordi.
Unda Pep Gvardiola shogirlari 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "SHaharliklar" tarkibida jamoaga yangi kelgan futbolchi Erling Xoland ham maydonga tushdi. "Sofascore" nashri ushbu bahs futbolchilarini baholab chiqdi va unda eng yomon ball aynan norvegiyalikka qo'yildi.
Erling kechagi bahsda ikkita yuz foizlik imkoniyatni yo'qqa chiqardi, shuningdek, 6 marta to'p yo'qotgan bo'lsa, atigi 7 marta aniq pas amalga oshirdi.
22 yoshli to'purar futbolchi yozda 60 million evro evaziga Dortmundning "Borussiya"sidan transfer qilingandi.
Fikrlar