Xoland 2022 yilda 75 million evro evaziga "Yuventus"ga o'tadi
21 fev 2020 18:12
Yangiliklar
Xoland 2022 yilda 75 million evro evaziga "Yuventus"ga o'tadi
Italiya matbuotining xabariga ko'ra, "Borussiya" (Dortmund) forvardi Erling Xoland 2022 yilda "Yuventus"ga o'tadi.
Aynan 2021/22 yilgi mavsumdan so'ng norvegiyalikning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasiga binoan uning tovon puli 75 million evro bo'ladi.
Xabar qilinishicha, Xolandning "Zalcburg"dan Bundesliga klubiga o'tishidan oldin uning agenti Mino Rayola va "Yuventus" bo'lajak bitim haqida kelishib qo'yishgan.
Eslatib o'tamiz, Xoland "Borussiya" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi. U joriy mavsum "Zalcburg"da 29ta o'yinda 39ta gol urgan edi.
Fikrlar