"Xo'jand"da o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi Samandar Ochilov: “Nasaf”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdamiz"
12 may 2021 11:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/636449_original.jpg)
![](/upload/storage/636449_220.jpg)
"Xo'jand"da o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi Samandar Ochilov: “Nasaf”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdamiz"
- Avvalo futbol muxlislarini qiziqtirayotgan savol: Samandar Ochilovning futbolga kirib kelish tarixi haqida gapirib bersangiz?
- Assalomu alaykum. So'zimni boshida yurtdoshlarimni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklab o'tmoqchiman. Futbolga kirib kelishimga sabab dadam Fayzullo Ochilov ham futbolchi bo'lganlar, 2-3 yoshligimdan koptok berib futbolga mehr uyg'otishgan. Dadam qayerga borsalar meni ham olib borib futbol sohasida bor bilimlarini berganlar. Mening birinchi murabbiyim dadam desam ham bo'ladi. Futboldagi boshlang'ich ko'nikmalarni “Nasaf” akademiyasida Dadajon Tog'aevdan olganman. Ularning o'zlari ham yaxshi futbolchi bo'lganlar. Keyinchalik “Paxtakor” va “Bunyodkor” akademiyasida talim olganman. Katta futbolga kirib kelishimda Bahodir Annamatov sababchi bo'lgan. O'sha vaqtlari “Nasaf”ning yoshlar jamoasiga qabul qilib menga jamoada moslashib ketishimga yordam berganlar. SHu o'rinda ularga rahmat aytib ketmoqchiman.
- Siz faoliyat olib borgan klublar haqida so'zlab bersangiz?
- Aytib o'tganimdek faoliyatimni “Nasaf” jamoasida boshlaganman. "Nasaf"ning yoshlar va asosiy tarkibida qisqa muddat to'p tepganimdan so'ng Turkiyaning maxalliy klublarida faoliyat olib bordim. 2020 yil Alisher SHog'ulomov meni “Oq-tepa” klubiga taklif qildi va men bu taklifga rozi bo'ldim. “Oq-tepa” klubidagi ichki muhit va sharoitlar alo darajada edi. Joriy mavsumni Tojikistonning “Xo'jand” klubida boshladim.
- OFK kubogida ishtirok etayotgan “Xo'jand” jamoasi tarkibiga borib qo'shilishingiz qay tarzda amalga oshdi?
- Bu jamoada o'ynab ketgan tanishlarim maslahat berishdi va klubga borib mashg'ulotlarda qatnashgandan so'ng klub bilan shartnoma imzoladim.
- Bugungi kunda klubingiz Tojikiston chempionati startini ajoyib boshladi va birinchi o'rinda bormoqda.
- Jamoaning peshqadamligi klubda ichki muhit, rahbariyat, yaratib berilgan sharoit hammasi alo darajada ekanligidan. Mahalliy muxlislar xam bizni faol tarzda qo'llab quvvatlab kelishmoqda.
- Tojikiston va O'zbekiston chempionatlarida farq bormi? Bor bo'lsa nimada?
- Kichik farq bor. Tojikistonda doimiy bosim va yakkakurashlar nisbatan ko'proqdek tuyuldi. Bizda asosan texnik mahoratga etibor qaratilgan futbol o'ynaladi. O'zingiz ko'rdingiz “Istiqlol” klubi OCHLda qanday o'yinlar ko'rsatganini.
- OFK kubogi hamda “Nasaf”ga qarshi tayyorgarliklar qay tarzda olib borilmoqda?
- Bugungi kunda Dushanbe shahrida tayyorgarlik olib bormoqdamiz. Mavsum startini yaxshi boshlaganimiz uchun jamoada kayfiyat yaxshi. Guruh o'yinlariga keladigan bo'lsam nafaqat “Nasaf”ga balki guruhdagi har bir raqibimizga qarshi jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda.
- “Xo'jand” klubi uy uchrashuvlarini tabiiy maysali stadionda o'tkazadi lekin OFK kubogi doirasida Dushanbeda suniy maysali maydonda o'yin o'tkazish futbolchilarga qiyinchilik tug'dirmaydimi?
- Albatta ikki xil maysali maydonda futbol o'ynashni farqi bor. Menimcha futbol o'ynaydigan jamoaga katta qiyinchilik tug'dirmasa kerak deb o'ylayman. Bugungi kunda ushbu maydonda mashg'ulot o'tkazib moslashib bormoqdamiz.
- Hamyurtimiz Akobir To'raev xozirda 5 ta gol bilan chempionat to'purarlar jadvalida etakchilar qatorida bormoqda. Himoyachi sifatida sizningcha Tojikiston chempionatida sifatli hujumilar ko'pmi?
- Akobir To'raev birinchi o'rinda yaxshi inson. Futbolchi sifatida vaziyatlari his qila olishi va jamoasiga foyda keltirayotganligi ahamiyatga ega. CHempionatdagi o'ynab ko'rgan jamoalarimdan kelib chiqib ayta olamanki sifatli hujumchilar ko'p. Bizning klubda xam rossiyalik legioner hujumchi o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Boshqa klublarda ham afrikalik hamda mahalliy sifatli futbolchilar harakat qilishmoqda.
Furqat Po'latov suhbatlashdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar