"Xoffenxaym" xo'jayini koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
17 mar 2020 13:35
Yangiliklar
"Xoffenxaym" xo'jayini koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
"Xoffenxaym" xo'jayini Ditmar Xoppga tegishli kompaniyalardan biri koronavirusga qarshi vakcina ishlab chiqarish ustida ishlamoqda.
Xabar qilinishicha, ushbu ishlar yanvar oyidan boshlangan. Xopp vakcina ustida ishlayotgan CureVac kompaniyasining 80% akciyasiga egalik qiladi.
"Bu Paul Erlixga bog'liq (Germaniya vakcinalar va biotibbiyot vositalari bo'yicha federal institut).
Dastlab uni hayvonlarda sinab ko'rish kerak, keyin odamlarda", - deydi "Xoffenxaym" xo'jayini.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Germaniya chempionati doirasidagi "Xoffenxaym" - "Bavariya" (0:6) o'yinida Xopp nomiga nomaqul so'zlar yangragan edi.
Fikrlar