

Superliga, 25-tur
“Dinamo” - “Andijon” 1:1
Gollar: 85 - Ulug'bek Abdullaev, 90+2 - Odil Abdumajidov
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Shohnur A'zamov, Aziz Isoqov
To'rtinchi hakam: Diyorbek Amonov
VAR: G'ayrat Jo'raev
AVAR: Maksim Nexochin
Nazoratchi: Konstantin Simirnov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Dinamo": 1. Edem Nemanov, 3. Mixail Shtefan, 8. Azizbek Amonov (44. Abdug'afur Haydarov, 55’), 10. Anvarjon Hojimirzaev (21. Jahongirbek Abdusalomov, 84’), 16. Amadu Dumbuya, 20. Jaloliddin Jumaboev, 24. Akbar Xudoyberdiev (19. Tigran Avanesyan, 55’), 25. Oybek O'rmonjonov (22. Ulug'bek Abdullaev, 65’), 30. Haris Haydarevich, 37. Firdavs Abdurahmonov, 79. Edem Seytveliev.
Zaxira: 7. Sanjar Qodirqulov, 14. Bahodir Nasimov, 15. Rasul Yo'ldoshev, 26. Marko Stanoevich, 71. Sarvar Karimov.
"Andijon": 1. Eldor Adhamov (19. Artyom Potapov, 46’), 2. Odilbek Abdumajidov, 5. Abdulvohid G'ulomov, 11. Humoyunmirzo Iminov (6. Aleksandre Andronikashvili, 79’), 15. Nemanya Chalasan, 17. Azizbek Turg'unboev (7. Po'latxo'ja Xoldorxonov, 46’), 18. Damir Temirov, 22. Usmonali Ismonaliev, 23. Doniyor Abdumannopov, 26. Muhammadkarim Toirov, 99. Rustam Turdimurodov (70. Hamidullo Karimov, 79’).
Zaxira: 8. Shohmalik Komilov, 14. Abdurahmon Komilov, 28. Bekzod Sulaymonov, 67. Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 88. Shohjahon Yorqinboev.
Ogohlantirishlar: 76 - Muhammadkarim Toirov, 84 - Po'latxo'ja Xoldorxonov
90+5. O'yin yakunlandi.
90+3. Endi mezbonlar hujumlarni oshirmoqda.
90+2. GOL! Odil Abdumajidov hisobni tenglashtirdi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.
86. O'yinning so'nggi daqiqalarida endi andijonliklar hujumlarni oshirishi aniq.
85. GOL! Ulug'bek Abdullaev hisobni ochdi! “Andijon” jarima maydonchasi ichidagi palapartishlik natijasida to'p Abdullaevga keldi, uning zarbasi aniq bo'ldi! Potapov to'pga chiqishda va qaytishda xatoga yo'l qo'ydi!
83. Po'latxo'ja Xoldorxonov raqibi bilan urishib ketdi.
81. Usmonali Ismonalievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketmoqda…
79. “Andijon” jarima maydonchasi ichida to'p jamoa a'zosining qo'liga tegdi, biroq masofa yaqinligi sabab penalti yo'q, deb topildi.
76. O'yin to'xtatildi biroz, bosh hakam va VAR muloqoti bo'lib o'tdi.
74. Asosan kurashlar ham, o'yin ham maydon markazida kechmoqda. Hujumlar yana kamaydi.
67. Firdavs Abdurahmonovning uzatma aralash zarbasi noaniq ketdi.
66. Dumbiya tomonidan yo'llangan zarba aniq bo'lmadi.
64. Rustam Turdimurodovning uzoqdan tepgan to'pini Nemanov qaytarib yubordi.
60. Bahsda yana sokinlik, hujumlar bo'lmayapti deyarli.
49. Abdurahmonovdan yana bir zarba, bunisini Potapov qaytardi!
46. Firdavs Abdurahmonovning uzoqdan tepgan to'pi noaniq ketdi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+1. Abdumannopovning zarbasi raqib himoyachisiga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Anvarjon Hojimirzaev va Eldor Adhamov o'zaro bahslashib ketishdi. Bosh hakam ularni ajratdi.
41. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Jumaboev bosh bilan markazroqqa uzatdi, ammo Hojimirzaev to'pga emas, raqib posboniga kelib urildi.
38. Shu vaqtga kelib endigina birinchi burchak zarbasi amalga oshirildi. Shuning o'ziyoq uchrashuvning qanchalik zerikarli bo'layotganini bildiradi.
34. Abdumannopov raqiblaridan o'tib, jarima maydonchasiga kirib borayotgandi, ammo oxirgi zarbani bera olmadi.

27. Kurashlar boshlanib ketdi bahsda, o'yinning o'zi asosan maydon markazida kechmoqda.
21. Haris Haydarevichning uzoq masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
18. Sekin-asta andijonliklar ham hujumga o'tmoqda. O'ng qanotdan uzatilgan to'pni mezbon himoyachilar qaytarib yuborishdi.
8. Mezbonlarning hujumlari ko'paymoqda, mehmonlar esa hozircha vaziyat yaratishmadi.
4. Aziz Omonovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
3. Anvar Hojimirzaevning o'tkir burchakdan bergan zarbasini darvozabon qaytardi.
1. O'yin boshlandi.




Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni O'zbekiston Superligasining 25-turidan o'rin olgan "Dinamo" - “Andijon” bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



