So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Xitoy – O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv oldidan jurnalistlarimiz qanday fikrda? Yangiliklar

Xitoy – O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv oldidan jurnalistlarimiz qanday fikrda?

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 so'nggi saralash bosqichida Uxanda Xitoy terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Ushbu bahs oldidan hamkasblarimiz o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.


Davron Fayziev (Sport sharhlovchisi)

“ Marchello Lippi kuchli murabbiy, lekin Lippi qay darajada yangi g'oyalar bilan ish olib boryapti buni bilmayman. Balki zamonaviy futbolga moslashgandir, balki hali asr boshidagi g'oyalari bilan ishlayotgandir. Umid qilamanki ikkinchi variant. Xitoyda bosim bo'lmaydi. Boshqa tomondan motivaciya etishmovchiligi bo'ladi. Birinchi faktor dastlabki daqiqalarda ularga yordam beradi. Ikkinchi faktor esa ikkinchi bo'limda bizga foyda keltiradi. O'zbekiston milliy terma jamoasini ushbu uchrashuvda g'alaba qozonishiga ishonaman”. 



Akramjon Mamadaliev ("Qo'qon-1912" klubi matbuot kotibi)

“Bugungi o'yinda jamoamizdan faqat g'alaba kutyapman. To'g'ri, oson emas. Lekin O'zbekiston terma jamoasining hozirgi kundagi salohiyati Xitoy terma jamoasidan kuchli, deb hisoblayman. Men Xitoyliklar o'z jamoalarini qanday darajada qo'llashlarini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Bugun ana shu qo'llab-quvvatlash mezbonlarga yuqori bosim olib kelishiga va natijada ular xatolarga yo'l qo'yishlariga umid qilaman. Biz g'alaba qozonishimizga ishonayotganimga yana bir sabab, terma jamoamiz tarkibida yo'qotishlar yo'q. Denisovning safga qaytgani ham jamoamizni yanada kuchaytiradi. Bizga bugun biroz omad kelsa bo'lgani, ko'zlangan maqsadga erishamiz. Bugun terma jamoamizdan 1:0 hisobidagi g'alabani kutyapman”.



Xayrulla Xoliqov (championat.asia sayti xodimi)

"Bugun faqat yutish kerak, ortga yo'l yo'q! Futbolchilarimizning salohiyati raqibnikidan kuchli va aynan shu narsa menda g'alabaga bo'lgan ishonchni orttirmoqda. Xitoyni mashhur italiyalik murabbiy Marchello Lippi boshqarayotgani boshqa masala, baribir hammasini maydondagi o'yinchilar hal qiladi. Biz mana shunday muhim bahslarda g'alabaga erishib o'z kuchimizni ko'rsatishimiz kerak. Kelasi yil Rossiyada bo'ladigan jahon chempionatiga borishni hammamiz juda istaymiz. 

U erga borishga Xitoydan ko'ra biz yaqinroqmiz, shuning uchun ham bugun yutishimiz shart. To'g'risi, meni asosiy tarkib qanday bo'lishi-yu, zaxiradan kimlar tushishi sira o'ylantirayotgani yo'q, faqat g'alaba va uch ochkodan umidvorman. O'ylaymanki, bugun kim maydonga tushmasin, hamma bor kuchini berib harakat qiladi. Agar astoydil o'ynasak, g'alaba albatta biz tomonda bo'ladi. CHunki saviya, o'yinni tashkil qilish va ijrochilar borasida Xitoydan ustunmiz".



Omonjon To'xtamirzaev (championat.asia sayti xodimi)

"O'yindan oldin o'tkazilgan matbuot-anjumanida har ikki murabbiy uchrashuv ahamiyati, jamoalar g'alaba uchun borlarini berishlarini aytib o'tishgan bo'lsada, ochiq, gollarga boy o'yin bo'lishi qiyin menimcha. Bu vaziyatda chindan ham natija chiroyli futboldan muhimroq. Har ikki jamoa birinchi navbatda o'z darvozalari daxlsizligi haqida qayg'urishadi. Sababi, gol o'tkazib yuborgan jamoa o'yinga qaytishi va maqsadiga etishi ancha mushkul bo'lib qoladi. Qaysidir manoda mag'lub bo'lgandan durrang ham termamiz imkoniyatlarini saqlab qoladi. Ha, g'alaba qozona olsak, yaxshi bo'lardi. Ammo ha deganda to'p raqib darvozasiga kiravermasa, o'yin so'ngida Babayan tavakkal qilib, bor kuchni hujumga tashlashiga ishonmayman.

Xitoy o'z navbatida Lippining tajribasiga suyanadi. Qo'shimchasiga tan olish kerak, Xitoy futboli malum darajada o'sishga erishdi va berilayotgan etibor mahalliy futbolchilar saviyasiga ham tasir qilmay qolmadi".



Jahongir Sotvoldiev (championat.asia sayti xodimi)

"Bugun O'zbekistion milliy terma jamoasi uchun xayot-mamot uchrashuvi bo'ladi. Agarda milliy terma jamoamiz bugun g'alaba qozonsa mundial chiptasini 90 foizga naqd qiladi. Xitoy terma jamoasini Gao Xonbo tark etganidan so'ng uning o'rniga italiyalik mashhur mutaxassis Marchello Lippi taklif qilindi. Italiyalik mutaxassis Xitoy terma jamoasini qabul qilib olganidan so'ng, ko'pchilik futbol muxlislari bugungi raqiblarimiz haqida turli xil fikrlar bildirishdi. "Zaporojec"ga SHumaxer o'tirsa, u Ferrari bo'lib qolmaydi, "Zaporojec"ligicha qoladi. SHuning uchun Xitoy terma jamoasi haqida turli xil fikrlar bildirish kerak emas. Bugun vakillarimiz o'z o'yinlarini ko'rsatishlari kerak va yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishlari kerak. Bugun vakillarimiz ikkita to'p farqi bilan g'alaba qozonishadi".



Zohir Akramxonov ("Lokomotiv" klubi matbuot xizmati)

"Jahon chempionati saralashining so'nggi bosqichiga kuchsiz terma jamoalar etib kelmaydi. To'g'ri, har ikkala guruhda ham autsayderlar bor. Lekin o'sha autsayderlar ham bundan avvalgi bosqichlarda qitamizning qolgan terma jamoalaridan ustun ekanliklarini namoyish eta olishgan. Bunday fikrni Xitoy termasi haqida ham bildirish mumkin. CHin yurti terma jamoasi - Osiyoda o'z nufuziga ega. Ularda yaxshi chempionat bor, murabbiyining tajribasiga esa shak-shubha bo'lishi mumkin emas. Lekin bugungi bahsda O'zbekiston milliy terma jamoasini raqibdan biroz bo'lsa-da ustunroq, deb hisoblayman. Zero raqibga qaraganda bizning terma jamoada Osiyoning bir qator mamlakatlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan legioner futbolchilar mavjud. Xitoyliklar esa asosan o'z milliy chempionatidagi jamoalarda o'ynaydigan futbolchilar asosida o'yin tashkil etishadi. Qolaversa, so'nggi bir necha yilda qayd etilayotgan natijalar ham O'zbekistonning Xitoydan ustunroq ekanini ko'rsatib turibdi. Mezbonlarga esa faqat o'z maydonida o'yin o'tkazishi va o'z muxlislari daldasi ustunlik taqdim etishi mumkin. Mahorat va tajriba bobida esa bizning yigitlar raqibdan oldinda. O'ylashimcha, bugun milliy terma jamoamiz ikkita to'p farqi bilan Xitoyni mag'lub etadi va Mustaqillik bayrami arafasida butun xalqimizga quvonch ulashadi".



Furqatbek Nishonov ("Obod" klubi matbuot xizmati)

“Bugungi o'yin mundial yo'llanmasini xal qilishi bolis, futbolchilar maydonda qandaydir ishtiyoq bilan harakat qilishadi. Bitta haqiqat bor, biz Xitoy terma jamoasizadn kuchlimiz. Ularda Marchello Lippi ishlasin mayli, Xitoy futboliga katta-katta mablag'lar sariflansin mayli, lekin futbolchilarning saloxiyati borasida biz ulardan kuchlimiz. Bugun shunchaki to'g'ri o'yin ko'rsatish kerak xato qilmaslik kerak. SHu o'yingacha qilgan xatolar va tanqidlarni barasini chetga surib qo'ygan holda to'g'ri o'yin ko'rsatish kerak. Bizdan ko'ra ko'proq futbolchilar mundial yo'llanmasini qo'lga kiritishni xohlaydi. Bugungi o'yinda ko'p narsa murabbiyga bog'liq. CHunki bizning futbolchilar bunday darajadagi o'yinlarni ishtirok etib pishib bo'lgan. Xohlasa xohlamasa maydonda murabbiyning ko'rsatmasi muhim rol o'ynaydi. Bo'lgan tanqidlarga g'alaba bilan javob qaytarish vaqti keldi. Biz Xitoydan kuchlimiz, buni g'alaba qozonib isbotlab berish kerak”.



SHuhratbek Jo'raev ("Futbol ekspress" gazetasi muxbiri)

"Bugun minimum durang natija qayd etamiz. Xitoy terma jamoasida ham bosim biznikichalik kam emas. Bizni murabbiylar va futbolchilar ko'p tanqidlardan etarli xulosalar chiqarishganiga ishonaman. Bugun O'zbekiston terma jamoasi to'liq himoyaga asoslangan o'yin ko'rsatmaydi. Hujumkorlik biznikilarning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. Xitoy bizdan yaqqol kuchli emas. Ular jamoaviy o'yin evaziga bir ochko olishi mumkin xolos. Ammo ularning eng katta ustunligi Marchello Lippi. SHunday bo'lsada, Xitoydan yaxshi natija bilan qaytamiz".



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика