So’nggi yangiliklar

01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  8 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  0 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0 23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  2 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4 22:51ОКМК "Навбаҳор" футболчиси билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 22:37Эрон. "Персеполис" ўз майдонида ютқазди, Сергеевдан гол  3 22:15Сака АПЛда энг кўп маош оладиган футболчилар рейтингига қўшилди  2 21:51Ансу Фати фаолиятини Премьер-лигада давом эттириши мумкин  3 21:41"Металлург" Бранимир Йочич билан шартнома имзолади  2

Xislat SHoboev : “Selekciya ishlarini Qashqadaryodan boshladik” Yangiliklar

Xislat SHoboev : “Selekciya ishlarini Qashqadaryodan boshladik”

Teglar :  Xislat SHoboev
Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati qoshidagi selekciya ishlari bilan shug'ullanuvchi murabbiylar Qashqadaryoda bo'lib qaytdi.

Malumki, Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati  direktori Xislat SHoboev ko'magida tashkil etilgan ushbu selekciya ishlarining maqsadi  Respublikadagi yosh istedod egalarini yo'qolib ketishlariga yo'l qo'ymaslik , ularni futbol maktabdagi  turli yosh toifasidagi  o'quv guruh  mashg'ulotlariga jalb etish va yosh iqtidor egalarini qo'llab-quvvatlashdir.

“Har bir viloyat va shaharda selekciya ishlari bo'yicha maktabimiz tomonidan biriktirilgan selekcioner murabbiylar bor.

Ular har oyda maktab rahbariyatiga hisobot –malumot berib borishadi. Ammo vaziyatni voqea joyidan kuzatish va ish jarayonini nazorat qilish maqsadida futbol maktabimiz qoshidagi  selekciya ishlari bilan shug'ulanadigan murabbiylarimizni safarlarga yuborayapmiz.

Bizning asosiy maqsadimiz- istedodli yoshlarni saqlab qolish va barcha qulayliklarga ega futbol maktabimizga jalb etish, va  ularni terma jamoalar miqyosidagi o'yinchi qilib etishishni qullab-quvvatlash, shu orqali  terma jamoalarga nomzod bo'lgan futbolchilar geografiyasini kengaytirishdir”- deydi  Buxoro viloyati Peshku tuman ixtisoslashtirilgan futbol maktab –internati direktori Xislat SHoboev.

Qashqadaryo viloyatida bolalar va o'smirlar futbolidagi vaziyati bilan yaqindan tanishib  kelgan selekcioner murabbiy Alisher Bozorov safardan faqat ijobiy taassurotlar bilan qaytganini malum qildi.

“Safarda Qashqadaryo viloyati  bo'yicha  selekcioner murabbiy Alisher Bozorov va G'uzor tuman davlat ixtisoslashtirilgan futbol-maktabi murabbiysi Doston Maxmatqulov bilan  Qamashi tuman Bolalar –o'smirlar sport maktabi qoshidagi futbol to'garagi bilan yaqindan tanishib chiqdik.



U erda bo'lib o'tgan Respublika ochiq turnirini ham kuzatdik va  musobaqa davomida to'rt besh nafar yosh iqtidorli  futbolchilarni ko'z ostimizga olib qo'ydik.

Sport maktabidagi  murabbiylar bilan hamkorlikga erishdik. Bu maktab viloyatga ko'plab yosh  iqtidorli futbolchilarni etishtirib bermoqda. Viloyatdagi PFK qoshidagi  “Nasaf”, “Mashal” “SHo'rtan” “Sevinch” jamoalari va  Qarshi olimpiya zahiralari kolleji, G'uzor futbol internatlarida tahsil olayotgan yosh futbolchilar bunga misol bo'la oladi.

Samarali va ijobiy selekciya ishlarimizni boshqa viloyatlarda ham amalga oshirmoqchimiz”, –deydi selekcioner murabbiy Alisher Bozorov.



Faxriddin CHoriev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика