Maykl Kerrik: "MYUda qancha ishlashimni men hal qilmayman"
21 fev 01:15
Yangiliklar
Maykl Kerrik: "MYUda qancha ishlashimni men hal qilmayman"
"Men uchun bu eng yaxshi ish. Bu haqiqatdan ham menga yoqadi va shu sababli ushbu ishga kirishdim. Omadim keldi. MYU bosh murabbiyi sifatida o'zimda afzalliklar sezyapman. Biroq gap bunda emas. Shu ishga qodir ekanman, shu erdaman.
Men kelganimda buni aytgan edim - buning centimental tomoni ham bor... Klubda o'ynaganimdan keyin o'z rolimni tushunish, bu erda qolish, klubni muxlis sifatida sevish - bularning barchasi bir narsa. Lekin aslida men hozir o'z ishimni qilish, yaxshi jamoa tuzish va muvaffaqiyatga erishish uchun keldim.
Lekin bu erda qancha ishlashimni men hal qilmayman, ammo hozir bu er menga yoqmoqda va bor kuchim bilan ishlashga tayyorman. Qaerga borsam ham uzoq muddatli loyihalarda ishtirok etishga harakat qilaman", - dedi Kerrik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar