Maguayrning sobiq murabbiyi uni jamoasida ko'rmoqchi
19 fev 18:16
Yangiliklar
Maguayrning sobiq murabbiyi uni jamoasida ko'rmoqchi
So'nggi mish-mishlarga ko'ra, Harri Maguayr va "Manchester Yunayted" hamkorlikni uzaytirish bo'yicha kelishib olgan.
Biroq markaziy himoyachining sobiq murabbiyi bu holatga aralashib, vaziyatni o'zgartirmoqchi.
"The Sun" xabariga ko'ra, Maguayrning "Lester"dagi sobiq ustozi Brendan Rojers uni o'zi boshqarayotgan Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubiga og'dirib olish niyatida.

Rojers 32 yoshli himoyachi "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmaydi va yozda amaldagi kelishuvi yakunlangach, "Old Trafford"ni tark etadi deb umid qilmoqda.
Rojers qo'l ostida Maguayr 2019 yil mart-may oylarida "Lester" safida 8 o'yin o'tkazgan. O'sha yozda u ingliz futboli uchun rekord bo'lgan 87 mln funt evaziga "qizil iblislar" safiga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"
Флик кечаги кутилмаган мағлубият сабабини айтди
Fikrlar